UNFP futbol mukofotlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
UNFP futbol mukofotlari — bu har yili Professional Futbolchilar Milliy Ittifoqi (UNEP) tomonidan Fransiyaning 1-liga va 2 -ligasida oʻynayotgan erkak futbolchilarga, Fransiya Division 1 Féminine chempionati oʻynaydigan ayol futbolchilarga, shuningdek, jamoalarning bosh murabbiylari va Fransiya Futbol Ligasi musobaqalarida hakamlik qiladigan hakamlarga beriladigan bir qator mukofotlar hisoblanadi. UNFP (Professional Futbolchilar Milliy Ittifoqi) futbol mukofotlari orasida eng nufuzlisi „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ (yoki „Yil futbolchisi“ deb ham ataladi) mukofoti hisoblanadi. Yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti har yilgi mavsumda mavsum davomida oʻzini koʻrsata olgan eng yaxshi futbolchiga beriladi (bunda futbolchining urgan gollari soni, golli uzatmalar miqdori, qoidalarni buzish koʻrsatkichi kabi omillar hisobga olinadi.)
UNFP futbol mukofotlari dastlab 1988-yilda "Oscars du Football " nomi bilan yaratilgan, lekin „Oscars du Football“ nomi 2004-yilda Fransiya Akademiya mukofotlari qoʻmitasi shikoyatidan soʻng qayta nomlandi va hozirgi koʻrinishga keldi. UNFP futbol mukofotlarini topshirish marosimi 1994-yildan beri Canal+ telekanalida jonli efirda namoyish etib kelinmoqda[1].