Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Turkmaniston nomini himoya qiladi. Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi ilk xalqaro o‘yinini 2019-yilning 24-fevralida Qozog‘iston ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan. Bu uchrashuv 2019-yilgi ayollar o‘rtasidagi Turkiya kubogida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib bu oʻyinda Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 6:0 hisobida raqiblariga mag‘lub bo‘lishgan.
Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi Turkmaniston ayollar futbol assotsiatsiyasi vakilli jamoasi hisoblanadi. Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasining boshqaruv organi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC)ning rasmiy aʼzosi sifatida xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda maydonga tushadi. Milliy terma jamoaning ilk rasmiy oʻyini 2019-yilda Qozogʻistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazildi. Shundan soʻng Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi Turkiya ayollar kubogida ishtirok etib, ushbu turnirda so‘nggi o‘rinni egalladi[1].
2022-yil iyun holatiga ko‘ra, Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi hali FIFA ayollar o‘rtasidagi jahon reytingi hisobiga kiritilmagan[2][1][3].