Turklar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turklar — xalq. Turkiyaning asosiy aholisi (50 mln kishi). Umumiy soni 53,3 mln kishi (1990-yillar oʻrtalari). Turk tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Turklar antropologik jihatdan janubiy yevropeoid irqning Oʻrta dengiz guruhiga mansub. Etnik jihatdan Turklar 2 asosiy qism: X — XIII asrlarda saljuqiylar va moʻgʻullar istilosi davrida Oʻrta Osiyo va Erondan Kichik Osiyoga koʻchib kelgan koʻchmanchi turk chorvador qabilalari (asosan, oʻgʻuzlar va turkmanlar) va mahalliy (Kichik osiyolik) aholidan tarkib topgan. Turklarning bir qismi (uzlar va bijanaklar) Bolqon yarim oroli orqali Kichik Osiyoga kirib kelgan.
Turklar Türkler | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy aholi soni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
70 - 75 million | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tillar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Turkcha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Dinlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
aksariyat Islom | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qarindosh etnik guruhlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
boshqa turkiy xalqlar |
Turklar mahalliy aholi (yunon, arman, gruzin va hokazo) bilan aralashib, ularning bir qismini oʻziga singdirib oldi, ularning xoʻjaligi va madaniyatining juda koʻp belgilarini oʻzlashtirdi. Etnogenezida, shuningdek, arab, kurd, janubiy slavyan, rumin, alban va boshqa elementlar ham qatnashgan. XIV— XVI asrlarda Turklar Bolqon yarim oroli va Kiprni egallaganlar. Turk xalqi taxminan XV asrda tarkib topdi. Turklar tarkibida yarim koʻchmanchi etnografik guruhlar: yuruklar, turkmanlar, taxtajlar, abdallar va hokazo bor. Yarim koʻchmanchilar oʻtroqlashib, Turklar tarkibiga singib bormoqda. Hozirgi Turklarning koʻpchiligi (65%) qishloq xoʻjaligida (dehqonchilik va chorvachilik), milliondan ziyodi sanoatda band.
Turklar — Kichik Osiyo yarim orolida yashaydigan turkiy millat. Turklarning asosiy qismi Turkiya hududida istiqomat qiladi, shuningdek Olmoniya (2.8 mil3.5 million kishi), Bolgariya (750 ming-1 milion kishi, Niderlandiya (400 ming kishi), Farangiston (500 ming kishi), Maqduna (110 ming), Yunoniston (100 ming), Kipr (280.000) singari oʻlkalarda yashayotgan turklarni uchratish mumkin.