![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/TRT_logo_%25282018-%2529.svg/languz-640px-TRT_logo_%25282018-%2529.svg.png&w=640&q=50)
Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi — Turkiyaning milliy jamoat teleradiokompaniyasi boʻlib, 1964-yilda tashkil etilgan. TRT koʻp yillar davomida Turkiyadagi yagona televideniye va radio taʼminotchisi edi. 1990-yilda tijorat radiosi, soʻngra 1992-yilda tijorat televideniyesi paydo boʻlgunga qadar u radioeshittirishda monopoliyaga ega edi. Turkiya teleeshittirish bozorining tartibga solinishi analog kabel televideniyesini ishlab chiqarilishiga sabab boʻldi. Bugungi kunda TRT butun dunyoda, xususan Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, Osiyo va Avstraliyada oʻz ko‘rsatuvlarini olib bormoqda.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/6d/TRT_logo_%282018-%29.svg/320px-TRT_logo_%282018-%29.svg.png)
TRT oʻzini qariyb 70% elektr toʻlovlari, televideniye va radio qabul qiluvchilardan olinadigan litsenziya soligʻi orqali moliyalashtiradi. Bular gipotekalangan soliqlar boʻlgani uchun, umumiy davlat jamgʻarmalariga ajratilgan pullardan farqli boʻlishiga qaramasdan, printsip Buyuk Britaniyadagi BBC kabi bir qator boshqa mamlakatlarda undiriladigan televizion litsenziyaga oʻxshaydi. TRT ni moliyalashtirishning qolgan qismi davlat grantlaridan (taxminan 20%), oxirgi 10% esa reklamalardan tushadi[1].