Turkiya Respublikasi Markaziy banki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkiya Respublikasi Markaziy banki (turkcha Türkiye Cumhuriyet Merkez Bankası A.Ş. yoki qisqacha TCMB) banknotlarni muomalaga chiqaruvchi, Turkiya Respublikasi hukumatining pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi, kassir vazifasini bajaruvchi hamda iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi vazifasini bajaruvchi yuridik jihatdan mustaqil iqtisodiy muassasadir. Markaziy bank qogʻoz pullarni (banknotlarni) chop etishda monopol mavqega ega va vakolatlari doirasida pul-kredit siyosatini mustaqil belgilaydi. Bundan tashqari, Gʻaznachilik va Moliya vazirligiga qarashli zarb va shtamp bosmaxona bosh boshqarmasi tomonidan zarb qilingan tangalar muomalasi Markaziy bank tomonidan ta’minlanadi.
![]() | |
Bosh qarorgohi | Turkiya, Anqara |
---|---|
Koordinatalari | 39.939167°N 32.852222°E / 39.939167; 32.852222 |
Tashkil etilgan yili | 1930-yil |
Mulkchilik shakli | Aralash mulkchilik: Gʻaznachilik va banklar[1] |
Asosiy shaxslar |
Shahob Kavjioʻgʻli Bank raisi |
Markaziy banki |
![]() |
Valyutasi | Turk lirası |
Oltin-valyuta zaxiralari |
$105.9 milliard |
Veb sayti | www.tcmb.gov.tr |
Markaziy bank Turkiyadagi EPOʻ (Elektron pul oʻtkazmasi) va EQQOʻ(Elektron qimmatli qogʻozlar oʻtkazmasi) tizimlariga egalik qiladi[3]. Bank Jahon Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiyalar Jamiyatining (SWIFT) Turkiyadagi qismini boshqaradi[4].