![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/80/Caminade_Count_of_Tripoli_accepting_the_surrender_of_the_city_of_Tyre_in_1124.jpg/640px-Caminade_Count_of_Tripoli_accepting_the_surrender_of_the_city_of_Tyre_in_1124.jpg&w=640&q=50)
Tugtegin
From Wikipedia, the free encyclopedia
Zohir ad-Din Sayf al-Islom Tugtegin ibn Abdulloh (arabcha:ظاهر الدين طغتكين) — Tugteginiylar sulolasining asoschisi, saljuqiylar sulolasi lashkarboshisi. Tugtegin 1104 — 1128-yillarda Damashqni amir sifatida boshqargan. Tugtegin Saljuqiylar sulolasi sultoni Alp Arslonning va keyinroq uning oʻgʻli Tutushning mamluklaridan biri edi. Tutush Tugteginga oʻgʻli Dukakni tarbiyalashni ishonib topshirdi va uni Dukakning onasi Safvat al-Mulkga uylandi. 1095 — 1104-yillarda Tugtegin Damashqda atabek sifatida hukmronlik qilgan. 1104-yildan Tugtegin mustaqil hukmdor sifatida hukmronlik qildi va 1116-yilda Saljuqiy sulolasi sultonidan manshur (maktub) oldi, bu uning mavqeini qonuniylashtirib, qirollikni meros orqali oʻtkazish imkonini berdi. Tugteginning Suriyadagi faoliyati davri salib yurishlarining boshlanishi va salibchilar davlatlarining tashkil topishi davriga toʻgʻri keldi. Tugtegin Damashq amirligi hududlarini saqlab qolish uchun salibchilar bilan ham, musulmon amirlari bilan ham kurash olib bordi.