Toʻytepa masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Toʻytepa masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Toshkent viloyatida joylashgan. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan doimiy nazorat ostida boʻlib, ular chiqargan buyruq va koʻrsatmalar asosida faoliyat yuritadi[2].
Masjid | |
Toʻytepa masjidi Toʻytepa | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | O'rta Chirchiq tumani[1] |
Shahar | Oxunboboyev koʻchasi 72-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 15.06.1995—??? |
Soʻngi imom | Rustamov Rashid Rustamovich |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona | |
Toʻytepa masjidi Vikiomborda |
Toʻytepa jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati, Nurafshon shahri tarkibidagi Oxunboboyev koʻchasi 72-uyda joylashgan[3]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Nurashfon sharining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Oxunboboyev, Bobur shox koʻchasi, Dehqonobod, Ismatilla Xakimov, Guzar, Navroʻz, Baxt, Uchqun, Olmazor, Uchqun, Ozodlik, Nafosat, Erkinlik, Yaxshi niyat, Xayat,Obod, Oybek, Mirzo Ulugʻbek, Sportchilar, Mirzayeva, Xurramlik bosh koʻchasi, Uchqun, Baxor, Odil Fayziyev, Ozod Sahrofiddinov, Muqimmiy, Ziyolilar, Kalelin, Navoiy, Eyvalak, Shifokorlar, Sharofiddinov, Eyvalak va Toshkent yoʻli bosh koʻchasidan istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanining shaharga tutashgan aholi punktlari va yoʻlovchilar, mehmonlar va sayohatchilar Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ushbu jomeʼ-masjidda kunlik besh vaqt namoz oʻqilishi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan[4]. Toʻytepa masjidi Oʻrta Chirchiq tumanining eng katta masjidi hisoblanadi. Ushbu masjidda Oʻrta Chirchiq tumani bosh imom hatibi faoliyat yuritadi.
Toʻytepa jomeʼ-masjidining aniq qachon tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar mavjud emas. Lekin 15-iyun 1995-yildan asosiy faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyilganligi haqida maʼlumotlar topiladi[5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.