Toshloq tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Toshloq tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1935-yilda tashkil etilgan. 1959-yilda Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973-yil 12-aprelda qayta tiklangan. Gʻarbdan Margʻilon shahri, shimoli-gʻarbdan Qoʻshtepa, Yozyovon, sharqdan Quva tumanlari, jananubi-sharqdan Quvasoy shahri va shimoli-sharqdan Andijon viloyati Boʻz tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,24 ming km². Aholisi 208,7 ming kishi, shundan shahar aholisi — 48,2 ming kishi, qishliq aholisi — 160,4 ming kishi (2021-yil 1-oktyabr). Tumanda 1 ta shaharcha (Toshloq), 51 ta Mahalla fuqarolari yigʻini (Nayman, Chek, Istiqlol, Xonariq, Mehnatobod, Naymanboʻston, Quyi Yakkatut, Soy boʻyi, Ucholish, Guzarboshi, Xoʻjaariq, Zarkent, Yangi Yoʻl, Yuqoriqishloq, Chuqurqishloq, Jarqishloq, Turvat, Qumariq, Obisiyo, Farogʻat, Qumqishloq, Sadda, Teraktagi, Konizar, Katta koʻcha, Soʻfilar, Soʻkchilik, Axshak, Xotinqumi, Yakkovut, Axshakguzar, Qanjirgʻa, Togʻliq, Arabmozor, Koʻlariq, Xonaqa, Besarang, Aylanmajar, Toshloq, Shodlik, Furqat, Doʻstlik, Suvboshi, Qamchipurush, Qoʻrgʻoncha, Piyozchilik, Xamrak, Varzak, Qipchoqariq, Oʻzbekiston, Boʻston) bor.[2]. Tuman markazi — Toshloq shaharchasi[3].
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Fargʻona viloyati |
Maʼmuriy markazi | Toshloq |
Asos solingan sanasi | 1935-yil |
Hokim | Abduqaxxor Djurabayev [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Aholi (2021) | 208 667 |
Dinlar tarkibi | musulmonlar |
Maydoni | 240 km² |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
484 m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 73 |
Pochta indeksi | 151500 |
Xaritada | |
40°31′37.2″N 71°49′55.2″E |