Toʻrtinchi sanoat inqilobi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Toʻrtinchi sanoat inqilobi[1] — sanoatda raqamli texnologiyalar rivojlanish sababli 21-asrda texnologik, sanoat va ijtimoiy jarayonlarning tez oʻzgarishlarga sabab boʻlayotgan sanoat inqilobi hisoblandi. Bu atama 2015-yilda Jahon Iqtisodiy Forumi asoschisi va ijrochi raisi Klaus Shvab tomonidan ommalashgan va shundan beri koʻplab iqtisodiy, siyosiy va ilmiy maqolalarda foydalanilgan. Shvabning taʼkidlashicha, sodir boʻladigan oʻzgarishlar nafaqat samaradorlikni oshiradi, shu bilan birgalikda sanoat kapitalizmidagi sezilarli oʻzgarishlarni olib keladi [2].
Global ishlab chiqarish va taʼminot tarmogʻi — zamonaviy aqlli texnologiyalar, keng koʻlamli mashinadan mashinaga aloqa va buyumlar internetidan foydalangan holda anʼanaviy ishlab chiqarishda tub oʻzgarishlarga taʼsir etmoqda. Ushbu jarayon avtomatlashtirishni oshirishga, aloqa va oʻz-oʻzini nazorat qilishni yaxshilashga hamda inson aralashuvisiz muammolarni tahlil qilish va tashxislash imkonini beruvchi aqlli texnologiyalardan foydalanishga olib keladi[3].