From Wikipedia, the free encyclopedia
Tijs Michiel Verwest (talaffuzi Tyis Mixil Vervest — 1969-yil 17-yanvarda tugʻilgan),[2] Tiësto nomi bilan tanilgan professional gollandiyalik DJ va musiqa prodyuseri.U 2010–2011-yillardagi Mix jurnali tomonidan muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Barcha zamonlarning eng buyuk DJi" deb topildi. 2013-yilda u DJ Mag jurnali o'quvchilari tomonidan "oxirgi 20 yildagi eng yaxshi DJi" deb topildi. U, shuningdek, ko'plab manbalar tomonidan "EDM Cho'qintirgan otasi" sifatida qabul qilinadi.
Tiësto | |
---|---|
Tavalludi |
Tijs Michiel Verwest 1969-yil 17-yanvar Jorjiya, Qo'shma Shtatlar. |
Janrlar | Trance • bass house • electro house • deep house • future house • tropical house • progressive house • big room house • future bounce • progressive trance • slap house |
Kasbi | DJ • record prodyuser |
Faoliyat yillari | 1994–hozirgacha |
Leybllar | Musical Freedom • AFTR:HRS • Spinnin' • PM:AM • Universal • PIAS • Ultra • Black Hole • Nettwerk • Atlantic |
Fuqaroligi | Niderlandlar |
Turmush oʻrtogʻi | Annika Backes[1] |
Veb-sayt | https://www.tiesto.com/ |
1997-yilda u Arni Bink bilan „Black Hole Recordings“ leybliga asos solgan va u yerda "Magic" va "In Search of Sunrise" CD seriyalarini chiqargan. Tiësto prodyuser Dennis Waakop Reijers bilan 1998-yilda tanishgan. O'shandan beri ikkalasi birgalikda ko'p xitlarni chiqarishgan.
Uning 2000-yilda Sarah McLachlan ishtirokidagi Deleriumning "Silence" remiksi ko'proq muxlis orttirishiga sabab bo'ldi. 2001-yilda u o'zining birinchi yakkaxon albomi In My Memoryni chiqardi, bu unga boshlang'ich karyerasidagi bir nechta xitlarni berdi. U DJ Magazine tomonidan 2002-yildan 2004-yilgacha ketma-ket uch yil davomida jurnal o'quvchilarining „dunyoning 1-raqamli DJi“ bo'ldi.
2004-yilda Afinada bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiada o'yinlarining ochilish marosimida "Just Be" ikkinchi studiyaviy albomini jonli ijroda ijro etdi, bu Olimpiya o'yinlarida sahnada jonli ijro etgan birinchi DJ. 2007-yil aprel oyida Tiësto Niderlandiyadagi Radio 538da Tiësto's Club Life radioshousini boshladi va o'zining "Element of Life" uchinchi studiyaviy albomini chiqardi. Albom Belgiya albomi chartida, shuningdek, AQSHda Billboard Top Electronic Albomlarida birinchi o'rinni egalladi va 2008-yilda Grammy mukofotiga nomzod bo'ldi. Tiësto oʻzining toʻrtinchi “Kaleidoscope” studiyaviy albomini 2009-yil oktabr oyida chiqardi, undan keyin 2014-yil iyun oyida “A Town Called Paradise” albomini chiqardi. U John Legendning “All of Me” xit ashulasini remikslangan versiyasi uchun eng yaxshi remiksi nominatsiyasida Grammy mukofotini qoʻlga kiritdi[3].
Forbes ma'lumotlariga ko'ra, Tiestoning 2017-yildagi yillik daromadi 39 million dollar bo'lib, o'rtacha bir tunlik daromadi 250 ming dollarni tashkil qilgan[4][5][6].
Studio Albomlar
Yil | Nomzod / ish | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|
2008 | Elements of Life | Best Dance/Electronica Album | Nominatsiya |
2015 | "All of Me (Tiesto's Birthday Treatment Remix)" (John Legend) | Best Remixed Recording, Non-Classical | Yutuq |
2022 | The Business | Best Dance/Electronic Recording | Nominatsiya |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.