Times Square
From Wikipedia, the free encyclopedia
Times Square (talaffuzi: Tayms skver — New York shahridagi Manhattan markazidagi, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Broadway va Yettinchi avenyu chorrahasida, 42 va 47-koʻchalar oraligʻida joylashgan hudud. New York teatr okrugi markazi.
Avvallari Longacre maydoni deb atalgan hudud (inglizcha: Longacre square) Longacre maydoni hozirgi nomini 1904-yil aprel oyida, New York Tayms gazetasi oʻz qarorgohini yangi qurilgan Times binosiga (hozirgi One Times maydoni) koʻchirganida oldi. 1907-yilda uning tomiga vaqt shari oʻrnatildi, u har yili 31-dekabr kuni tushiriladi va buni kuzatish uchun millionga yaqin tomoshabin tashrif buyuradi.
Times Square maydoni dunyoda eng koʻp tashrif buyuriladigan va diqqatga sazovor joylardan biri boʻlib, har yili butun dunyodan 50 millionga yaqin tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalb qiladi. Maydon „dunyo chorrahasi“ deb atalishi ham balki shu sabablidir. Shu jumladan ushbu maydondan har kuni 300 mingdan ortiq piyodalar va 115 ming haydovchi va yoʻlovchilar oʻtadi, unda 170 ming kishi ishlaydi. Tayms maydoni New York va butun AQShning ramzidir[1].