From Wikipedia, the free encyclopedia
Thorvald Erichsen (talaffuzi: Torvald Erikson; 1868-yil 18-iyul, Trondxaym, Norvegiya – 1939-yil 23-dekabr, Oslo, Norvegiya) – norvegiyalik postimpressionist rassom[1].
Thorvald Erichsen | |
Tavalludi | 18-iyul 1868-yil Trondxaym, Norvegiya |
Vafoti | 23-dekabr 1939-yil Oslo, Norvegiya |
Sohasi | rassomchilik (peyzaj, nyu, natyurmort) |
Oqim | postimpressionizm |
Thorvald Erichsen 1868-yil 18-iyulda Trondxaymda tugʻilgan. Otasi qandolatchi boʻlgan boʻli, u Erichsen juda yoshligida vafot etgan[1]. Dastlab Erichsen pianinochi boʻlishni xohlaydi, lekin 1886-yilda rassom huquq fakultetida oʻqishni boshlaydi, keyinchalik Knud Bergslien rassomlik maktabiga oʻqishga kirish uchun oʻqishni toʻxtatadi va u yerda dekorativ va amaliy sanʼat yoʻnalishida tahsil oladi. 1890-yillarda qishni Italiya va Fransiyada, yozni Norvegiyada oʻtkazgan. Parijda Thorvald Pierre Bonnard bilan uchrashdi va undan postimpressionizmni oʻzlashtirgan[2]. Rassom sifatidagi debyuti 1891-yilda „Høststemning“ (tarjimasi „ Bahor kayfiyati“) surati boʻlgan. 1892-yilda rassom Kopengagenga koʻchib oʻtadi va bu yerda uning badiiy rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan Kristian Zahrtmannga shogirdlikka tushadi[2]. Daniyada boʻlganida rassom Daniya sivmolizm jamiyati bilan yaqin aloqalar oʻrnatadi[1]. Norvegiyada asosan hamkasbi Erik Werenskiold bilan muloqot qilgan. 1900-yilda rassomning uslubi tubdan oʻzgarib, naturalistik yondashuvdan rang va shaklga urgʻu bera boshlaydi, doʻsti Oluf Wold-Torne bilan birga zamonaviy Norvegiya rassomchiligining yetakchilaridan biriga aylanishdi. Bu davrdagi eng mashhur asarlar Telemark atrofidagi bir nechta nyu va peyzaj janriga oid boʻlgan[3]. 1907-yilgacha Germaniya va Skandinaviya mamlakatlarida koʻrgazmalar oʻtkazdi, buning natijasida uning rasmlari Milliy galereya, shuningdek, Rasmus Meyer, Ernest Thiel va Shvetsiya shahzodasi Eugen kabi kolleksionerlar tomonidan sotib olingan[1]. 1907—1910-yillar oraligʻida Vestre Gausdalda yashab, u yerda koʻproq qish mavsumiga oid peyzajlarni yaratgan[4]. Rassom Lillehammerda uzoq vaqt yashagani uchun uning soʻnggi ishlari shu yerdagi qishloqlarning suratlariga oid boʻlgan. Garchi rassom yolgʻiz holda yashagan boʻlsa-da, uning rasmlari mashhur boʻlgan boʻlib, butun Yevropada sotilgan. 1929-yilda Barselonadagi Butunjahon koʻrgazmasida oltin medal bilan taqdirlangan. 1930-yilda rassom har yili beriladigan rassomlar stipendiyasi bilan taqdirlangan. Erichsen 1939-yilda Osloda leykemiyadan vafot etgan[1][2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.