Tether
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tether (inglizcha: Tether — arqon, zanjir) kriptovalyutasi steyblkoin toifasiga kiradi, chunki u dastlab har bir chiqarilgan Tether uchun 1 dollar zaxirada saqlash uchun moʻljallangan edi. Shunga qaramay, Tether Limited kompaniyasining taʼkidlashicha, Tether tokenlari egalari Tether tangalarini sotib olish yoki fiatga almashtirishni kafolatlash boʻyicha shartnoma majburiyatlariga ega emaslar. Yaʼni foydalanuvchi tokenini maʼlum bir valyutaga almashtirib berish maʼsuliyatini olmagan.
Tether (USDT) |
---|
Belgi: ₮ |
Kod: USDT |
Bozor qiymati: 72.46 mlrd.$[1] |
2014-yilda kompaniya "Tether.to"ni ishga tushirdi. 2015-yil fevral oyida birjalarda savdoni boshladi.
Tether tokenlari yordamida mijozlar odatda raqamli valyuta bilan bogʻliq bo'lgan oʻzgaruvchanlik va murakkabliksiz, transport qatlamlari sifatida blokcheynlardan foydalangan holda anʼanaviy valyutalar bilan ishonchli tranzaksiya qilishlari mumkin. Tetherni moliyaviy xizmatlar, texnologiya va muvofiqlik sohasida katta tajribaga ega boshqaruv jamoasi boshqaradi. Butun dunyo boʻylab tarqalgan turli xil jamoalarning tajribasiga tayangan holda, Tether tokenlari bugungi kunda hajmi boʻyicha birinchi, eng katta steyblkoinga aylangan.[2] Tetherning narxi 2018-yil 15-oktabrda investorlarning tokenga ishonchini yoʻqotayotgani haqidagi taxminlar tufayli 0,90 dollargacha pasaygan. 2019-yilda Tether bozordagi kunlik va oylik savdo hajmi boʻyicha Bitkoindan oʻzib ketdi.[3] Tether maʼlumotlariga kora, 2020-yil sentabr oyiga kelib, muomalada 14,4 milliard USDT tokeni mavjud boʻlgan ekan.[4]