Amir Temurning farzandlari va shularga bog'liq shaxslar From Wikipedia, the free encyclopedia
Temuriylar shajarasi Oʻrta Osiyo va xususan Oʻzbekiston hududida XIV-XVII asrlarda hukumdorlik qilganlar. Buyuk sarkarda va hukumdor, markazlashgan davlat tuzishgan erishgan Amir Temurning avlodlari tarixda juda katta iz qoldirishgan. Amir Temurning 6 ta xotini boʻlgan, ularda eng kattasi Saroy Mulk Xonim boʻladi, Moʻguliy malika boʻlgan, Amir Temur Saroy Mulk Xonimga uylangandan keyin „Ko'ragon“ unvonini oladi, bu degani Moʻgʻul tilida kuyov ma'nosini beradi. Amir Temurning ikkinchi xotini Choʻlpon Mulk Ogʻo begim boʻlgan. Temurning yana bir xotini bu Dilshod Ogʻo begim Sulton Hasan Jazoy tarafdan boʻlgan. Amir Temurning[1] yana bir xarami Tuman Ogʻo begi hisoblanadi, u Saroy Mulki Xonimga qarindosh sanalgan. Amir Temurning yana ikki xotini boʻlgan ular Tukal Xonim va Rux Parvar Ogʻo boʻlganlar.Temurning ikki qizi boʻlgan Oʻgʻi Begi Xonim va Sulton Baxt Begim. Amir Temurning eng katta oʻgʻli bu Muhammad Jahongir Mirzo, uning tugʻilgan sanasi 1356-yil, onasi esa Turmish Ogʻo hisoblanadi. Umarshayx Mirzo Amir Temurning ikkinchi sevikli farzandi hisoblangan, 1356-yilda dunyoga kelgan Umarshayx Mirzo harbiy harakatlarda juda koʻp bor otasi bilan ishtirok etgan. Temurning 3 oʻgʻil farzandi Mironshoh Mirzo sanaladi va 1366-yil dunyoga kelgan. Amir Temurning soʻngi oʻgʻil farzandi bu Shohrux Mirzo 1377-yilda dunyoga kelgan[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.