![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5e/National_Taiwan_University_Library_20060802.jpg/640px-National_Taiwan_University_Library_20060802.jpg&w=640&q=50)
Tayvan milliy universiteti
From Wikipedia, the free encyclopedia
25°0′57.599999999994″N 121°32′9.6000000000049″E
Milliy Tayvan universiteti — Tayvanning Taypeyidagi davlatga qarashli tadqiqot universiteti hisoblanadi.[1]
Universitet 1928-yilda Yaponiya hukmronligi davrida imperatorlik universitetlarining yettinchi oliygohi sifatida barpo etilgan. U Taixoku Imperator Universiteti deb nomlanadi. Yaponiya mustamlakasi davrida qurilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin millatchi Gomindan (KMT) hukumati universitet boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi. Taʼlim vazirligi 1945-yil 15-noyabrda universitetni qayta tashkil etdi va hozirgi nomini berdi. Uning ildizlari Pekindagi Pekin universitetining sobiq NTU prezidenti Fu Ssu-nien tomonidan liberal anʼanalarga asoslan qurilgan.[2] Universitet qoshida 11 ta kollej, 56 ta kafedra, 133 ta aspirantura instituti, 60 ga yaqin ilmiy markazlar hamda kasbiy taʼlim va uzluksiz taʼlim maktabidan faoliyat olib boradi.[3][4][5]
Oliygoh bitiruvchilari orasida Xitoy Respublikasining amaldagi Prezidenti Tsay Ing-Ven, sobiq prezidentlar Li Teng-xuy, Chen Shuy-byan va Ma Ying-Jou, Tyuring mukofoti laureati Endryu Yao va kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureati Yuan T. Lilar taniqli hisoblanadi.