Tauer ko'prigi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tauer koʻprigi — Londonda 1886-1894-yillar oraligʻida qurilgan osma koʻprik. Arxitektor Horace Jones tomonidan ishlab chiqilgan. Unga Genri Mark Brunel, Jon Vulf Barri koʻprik loyihasida yordam berishgan. U Temza daryosini ustida qurilgan. Koʻprik XIX asrning noyob durdonasi. Londonning Sharqiy qismiga transportda oʻtishni yaxshiroq taʼminlash uchun qurilgan. Koʻprik rasman 1894-yilda 30-iyunda Uels shahzodasi Edvard va Uels malikasi Aleksandra tomonidan ochilgan. Tauer koʻprigi Londonning taniqli diqqatga sazovor joylaridan biri. Baʼzan uni Tauerdan taxminan 0.80 km yuqoriroqda joylashgan London koʻprigi bilan adashtirib yuborishadi.
Tauer koʻprigi | ||
---|---|---|
Mamlakat: | Buyuk Britaniya | |
Maqomi: | Koʻprik | |
Arxitektor: | Horace Jones | |
Uzunligi: | 240 m | |
Dizayn: | Gotika uslubi | |
Moliyalashtirildi: | Bridge House Estates xayriya tashkiloti | |
Qurilish boshlangan sana: | 1886 | |
Qurilish tugallangan sana: | 1894 | |
Umumiy qiymati: | 1 184 000 funt sterling |