Temza
From Wikipedia, the free encyclopedia
Temza (inglizcha: Thames; lotincha: Tamesis) — Buyuk Britaniyadagi eng katta daryo. Uzunligi 334 km, havzasining maydoni 15,3 ming km². Kotsuold qirlaridan boshlanib, London havzasidan oqadi va keng estuariy hosil qilib Shimoliy dengizga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 260 m³/sek. Qishda toʻlib oqadi. Muzlash faqat juda sovuq qishda sodir boʻladi. Temza daryosining quyi oqimiga suv toshqinlari taʼsir qiladi (ularning Londondagi balandligi 6-6,5 m gacha), ular Teddingtongacha etib boradi (bu erda Temza tubi toʻgʻon bilan toʻsilgan). Temzaga tutash hududlarni suv toshqinlaridan himoya qilish uchun daryoning quyi oqimi va estuariy qirgʻoqlari himoya toʻgʻonlari bilan, shaharlarda esa qirgʻoqlar bilan mustahkamlanadi. Dengiz suvi koʻtarilganda Temzaning suv sathi London shahri hududida 6,5 m gacha koʻtariladi. Daryoda kema qatnaydi, London shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Temza boʻyida Oksford, London (daryo va uning estuariysi boʻylab 60 km masofaga choʻzilgan) shaharlari joylashgan. Temza kanallar orqali Bristol qoʻltigʻi, Irlandiya dengizi va mamlakatning markaziy qismidagi sanoat markazlari bilan bogʻlangan.
Temza | |
---|---|
inglizcha: Thames | |
Temza daryosi | |
Tavsif | |
Uzunligi | 334 |
Suv sarfi | 65,8 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Birlashgan Qirollik |
Temza |