Tarutin tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tarutin tumani (ukraincha: Тарутинський район Tarutyns'kyj rajon) — Ukrainaning janubi-gʻarbidagi Odessa viloyatidagi tuman hamda maʼmuriy boʻlinma. Bu janubiy Bessarabiyadagi Budjak tarixiy hududida joylashgan va uning maʼmuriy joyi Tarutin boʻlgan. Ukrainaning maʼmuriy islohoti doirasida 2020-yil 18-iyulda tuman tugatilib, uning hududi Bolxrad tumaniga birlashtirildi, buning natijasida Odessa viloyatining tumanlari soni yettitaga qisqargan[1][2]. Tuman aholisining oxirgi maʼlumotlariga koʻra 40,054 kishi
Tarutin Tumani Тарутинський район | |
---|---|
Tuman | |
46°23′0″N 29°14′0″E | |
Aholisi (2020) |
Decrease 40 054 |
2001-yilgi Ukraina aholini roʻyxatga olishda tumanda koʻp millatli aholi yashashi maʼlum boʻlgan, ular 45,169 kishidan iborat boʻlib, ularning 38 foizi bessarab bolgarlar, 25 foizi ukrainlar hamda 17 foizi moldovanlar, 14 foizi ruslar va 6 foizi gagauzlardan tashkel topgan. Bu hudud ilgari bir qancha Bessarabiya nemislari yashagan, ular bir vaqtlar atrofdagi hududlarda koʻpchilikni tashkil qilishi mumkin edi.