Tarixiy lift
From Wikipedia, the free encyclopedia
Tarixiy lift – Turkiya Jumhuriyatining Izmir shahrida joylashgan tarixiy obida hisoblanadi.
Bu bino Turgut Rais mahallasida joylashgan boʻlib, biri ikkinchisidan 58 m baland boʻlgan Mithatpasha va Shahid Nihatbey koʻchalari orasida ishlaydigan ikki liftni oʻz ichiga oladi. 1907-yilda yahudiy tadbirkor " Nesim Levi (Bayraklioğlu) " tomonidan qurdirilgan va qurilishining maqsadi: orasi 155 qadam boʻlgan ikki tuman oʻrtasida tez va oson transportni taʼminlash uchun qurilgan (masofasi uzoq boʻlmasa-da, biri tepalikda joylashgani uchun yetib chiqish odamni ancha charchatib qoʻyadi). Bugungi kunda Izmir shahar hokimiyati tomonidan koʻngilochar, madaniyat va dam olish joyi sifatida foydalaniladi. Bu maskan shaharning muhim bir turistik bekatidir. [1]