From Wikipedia, the free encyclopedia
Taksim masjidi (turkcha: Taksim Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Taksim maydonida joylashgan masjid majmuasi. Bino ikki turk meʼmori tomonidan Art Deco uslubida[1][2][3] loyihalashtirilgan va bir vaqtning oʻzida 3000 tagacha namozxonni sigʻdira oladi. 2017-yilning 17-fevralida boshlangan qurilish ishlari toʻrt yil davom etgan[4]. Masjid 2021-yil 28-may kuni prezident Recep Tayyip Erdoğan ishtirokida oʻqilgan juma namozi bilan ochib berilgan[5].
Masjid | |
Taksim masjidi, 2021-yil may | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Beyoğlu tumani, Taksim maydoni |
Koordinatalar | 41°02′13″N 28°59′02″E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Neo-Art Deco |
Meʼmor | Şefik Birkiye, Selim Dalaman |
Binokorlik sanasi | 28-may 2021-yil |
Oʻlchami | ichki qismda 3,000 , umumiy 4,000 nafar |
Gumbaz balandligi | 33 m (108 ft) (tashqi gumbaz) 9.6 m (31 ft) (ichki gumbaz) |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 28 m (92 ft) |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar soni | 2 |
Minoralar balandligi | 64.8 m (213 ft) |
Taksim masjidi Vikiomborda |
Masjid qurilgan hudud hozirda Vaqflar Bosh boshqarmasiga tegishli[6][7].
1952-yildan beri Taksim maydonida masjid qurish rejasi boʻlgan. Taksim maydonida masjid qurish maqsadida „Taksim Mosque Building and Sustenance Association“ (Taksim masjidi qurilishi va oziq-ovqat birlashmasi) tashkil etilgan, biroq Turkiyada 1980-yilgi harbiy toʻntarishdan keyin ushbu assotsiatsiya yopib yuborilgan. Davlat Kengashi 1983-yili Taksim masjidi loyihasini „jamoat manfaatiga mos emas“ degan sabab bilan toʻxtatgan[8].
Taksim masjidini qurish 1980-yillarda Turgut Özal (talaffuzi: Turgut Oʻzal) va 1996-yilda Necmettin Erbakan (talaffuzi: Najmiddin Erbakan) tomonidan hukumatning kun tartibiga qoʻyilgan. Loyiha doimo ommaviy axborot vositalari tomonidan diqqat bilan tekshirilgan va huquqiy toʻsiqlarga duch kelgan, chunki Taksim maydoni respublikachilik va dunyoviylik bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan. Sud masjid qurilishi jamiyat manfaatlariga zid boʻladi, deya eʼtiroz bildirgan. Mamlakat prezidenti Recep Tayyip Erdoğan (talaffuzi: Rajab Toyyib Erdo‘g‘an) 1994-yilda Istanbul hokimi boʻlganidan keyin masjid qurish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan. Yangi masjidning istiqboli 2013-yilda Gezi bogʻi eʼtirozlarining ham bir elementi boʻlgan[9].
2017-yilning yanvar oyida masjid qurilishi Madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish kengashi tomonidan tasdiqlanib, tarixiy obyektlarning qurilishini nazorat qilgan va shu orqali uning qurilishidagi soʻnggi toʻsiq olib tashlangan.
2017-yil 19-yanvar kuni № 2 sonli Istanbul Madaniy merosni muhofaza qilish mintaqaviy kengashi tomonidan masjid qurilishiga ruxsat berilganidan soʻng, baʼzi kichik idoralar va inshootlarning buzib tashlanishi eʼlon qilingan[10]. Qurilishga tayyorgarlik koʻrish ishlari 2017-yil 9-fevralda boshlangan[11]. Beyoğlu (talaffuzi: Beyoʻgʻlu) tumani hokimi Ahmet Misbah Demircan 2017-yil 10-fevral kuni Şefik Birkiyeni (talaffuzi: Shefik Birkiye) masjid meʼmori etib tayinlash maqsadida Sur Yapı (talaffuzi: Sur Yapi) qurilishini amalga oshirish uchun shartnoma tuzgan.
Masjid 1731-yilda Mahmud I tomonidan bunyod ettirilgan tosh suv ombori – Taksim Maksemining orqasida joylashgan. Masjidning old tomoni Taksim maydoni boʻylab Atatürk (talaffuzi: Otaturk) madaniyat markaziga qaragan. Piyodalar uchun moʻljallangan Istiqlol savdo koʻchasi masjid yonidagi Taksim maydonidan oʻtadi. Aya Triada yunon pravoslav cherkovi Istiqlol koʻchasining narigi tomonida joylashgan.
Ikki minorani hisobga olmaganda, masjidning balandligi taxminan 30 m (98 ft)ga teng boʻlib, yaqin atrofdagi ikkita tarixiy cherkov bilan bir xil balandlikda qurilgan. Masjid loyihasi Xoʻja Sinon tomonidan qoʻlanilgan anʼanaviy gumbazli uslubda, zamonaviy koʻrinishda ishlab chiqilgan. Majmua konferensiya, koʻrgazma zali hamda yerosti avtoturargohini oʻz ichiga oladi[12].