![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a4/Shield_logo_blue.png/640px-Shield_logo_blue.png&w=640&q=50)
TEAM University
From Wikipedia, the free encyclopedia
TEAM University – bu O'zbekistonning Toshkent shahridagi xususiy tadbirkorlik universiteti. Universitet Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18- apreldagi 241-sonli [1] qarori bilan tashkil topgan va Ta'lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspektsiyasining 0007-sonli litsenziyasini [2] Universitet O'zbekistondagi birinchi tadbirkor universiteti bo'lib, xususiy nodavlat ta'lim muassasasi sifatida tashkil etilgan. 2020 yilda TEAM Universiteti Umumta'lim kursiga (International Foundation Course, Buyuk Britaniyaning NQF 3-bosqichi) dastlabki qabul boshlandi, u 2020 yil 29- iyulda Sifatni Ta'minlash Agentligi (QAA) tomonidan tavsiya etilgan tasdiqlash jarayonidan o'tdi. TEAM Universiteti talabalarga Umumta'lim kursini (International Foundation Course) o'qishni qishda, 1-fevraldan [3], boshlashni taklif qilgan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi.
![]() | Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2023-07) |
TEAM Universiteti (TEAM) | |
---|---|
![]() | |
Asos solingan | 2020 |
Oʻquv yurti turi | Universitet |
Rektori | Alisher Xasanov |
Kampusi | Toshkent shahri |
Manzili | 146 Temur Malik ko'chasi, Yashnobod tumani, Toshkent, Oʻzbekiston 100050 |
Vebsayti | www.teamuni.uz |
2021 yildan boshlab ,TEAM o’quv yo’nalishlar bo'yicha bakalavriat dasturlariga (Buyuk Britaniyaning 4, 5, 6 darajalari) qabul qilishni boshlaydi:
- Tadbirkorlik va xalqaro biznes
- Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar
- Tadbirkorlik va ijodiy sohalar