Switchfoot (talaffuzi: Svichfut) amerikalik alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili San Diegoda tuzilgan. Guruhda Jon Foreman (bosh vokalchi, gitarachi), Tim Foreman (bas gitarachi, bek-vokalchi), Chad Butler (dovulchi), Jerome Fontamillas (gitarachi, klavishchi, bek-vokalchi) va Drew Shirley (gitarachi, bek-vokalchi) ijro etishadi. 2002-yili chiqqan A Walk to Remember filmiga soundtrack ishlab, mashhur boʻlib ketishdi; ularning 2003-yilgi The Beautiful Letdown albomining 2,6 million adadi sotildi. Switchfoot shuningdek joʻshqin jonli ijroli konsertlari bilan ham tanilgan.[6][7][8] Guruhning yettinchi albomi Hello Hurricane Eng Yaxshi Rock Gospel Albomi Grammy mukofotini keltirdi.

Qisqa faktlar Umumiy maʼlumot, Kelib chiqishi ...
Switchfoot
Thumb
Switchfoot konsert paytida (2006)
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi San Diego, Kaliforniya
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Faoliyat yillari 1996-bugun
Janr Alternativ rok,[1] post-grunge,[2] hard rock,[3][4] Christian rock[5]
Leybl Rethink, Columbia, Sony BMG, lowercase people, Atlantic
Tarkib
  • Jon Foreman
  • Tim Foreman
  • Chad Butler
  • Jerome Fontamillas
  • Drew Shirley
Vebsayt switchfoot.com
Yopish

Jon Foreman aytishicha, "Switchfoot" (ingl. "oyoq almashtiruv") atamasi surfing bilan aloqador; u surfing taxtasi ustida turgan surferning boshqa tomonga burilishi uchun chap va oʻng oyoqlarni koʻtarib joyini oʻzgartirishni bildiradi.[9]

Diskografiyasi

  • 1997: The Legend of Chin
  • 1999: New Way to Be Human
  • 2000: Learning to Breathe
  • 2003: The Beautiful Letdown
  • 2005: Nothing Is Sound
  • 2006: Oh! Gravity.
  • 2009: Hello Hurricane
  • 2011: Vice Verses
  • 2013: Fading West

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.