From Wikipedia, the free encyclopedia
Suryoniy yozuvi — finikiyoromiy konsonant yozuvining bir turi. Finikiy yozuvidagidek tartibga ega boʻlgan 22 belgidan iborat; harflari qoʻshilib, oʻngdan chapga qarab yoziladi. Bu yozuv 1-asrdan adabiy oromiy lahjalaridan hisoblangan suryoniy tili (dastlab Yuqori Mesopotamiyadagi Edessa sh. lahjasi) uchun qoʻllana boshlagan. Suryoniy yozuvining asosiy koʻrinishlari estrangelo (yun. "yumaloq yozuv, xat"); 430y. oʻrtalarida Suriya cherkovining 2 ga ajralishi natijasida paydo boʻlgan gʻarbiy suryoniy (yaʼqubiy yoki serto) vasharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlaridir. Nasturiy yozuvi nasroniy missionerlar tufayli Oʻrta Osiyo va Xitoyga qadar tarqalgan. Suryoniy yozuvi faqat undosh tovushlarni ifodalagan; 7—8-asrlardan unlilarni ifodalovchi satrusti va satrosti diakritik belgilar qoʻllangan. Bu belgilar turlicha joylashgan nuqtalar yoki kichkina yunoncha harflar koʻrinishida boʻlgan; tinish belgilar ham qoʻllangan. 1840-yilda Suryoniy yozuvining nasturiy turi asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shuningdek, Turkiyada yashovchi ossuriylart qoʻllana boshlagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.