Suicide Squad (film)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Suicide Squad (tarjimasi „Suiqasdchilar otryadi“) 2016-yilda David Ayer rejissyorligi ostida suratga olingan superqahramonlar haqidagi AQSh filmidir. DC Comics komikslaridagi Suicide Squad qahramonlar otryadiga asoslangan. Film DC Kengaytirilgan Koinoti (DCKK) ning 3chi toʻliq hajmli filmidir. Filmda bosh rollarni Will Smith, Jared Leto, Margot Robbie, Joel Kinnaman, Viola Davis, Jai Courtney, Jay Hernandez, Adewale Akinnuoye-Agbaje, Ike Barinholtz, Scott Eastwood va Cara Delevingne ijro etgan.
Suicide Squad | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | David Ayer |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | David Ayer |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Steven Price |
Kinematografiya | Roman Vasyanov |
Muharrir(lar) | John Gilroy |
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Warner Bros. Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
5-avgust, 2016-yil (AQSh) |
Davomiyligi | 123 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $175 million[1] |
Daromadi | $746,8 million[2] |
Keyingi film | The Suicide Squad (2021) |
Suicide Squad filmining ilk relizi 2016-yil 1-avgustda Nyu-York shahrida boʻlib oʻtdi. AQShdagi premyerasi esa 2016-yil 5-avgustda boʻldi. Kinoteatrlarda 2D, 3D, RealD 3D, IMAX va IMAX 3D formatlarida namoyish etildi. Film $175 millionlik byudjeti bilan umumjahon boʻylab $747 milliondan oshiq mablagʻ toʻpladi.
Film sikveli boʻlmish The Suicide Squad 2021-yilda chiqarildi.