![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f0/Bugut.jpg/640px-Bugut.jpg&w=640&q=50)
Sugʻd yozuvi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sugʻd alifbosi — milodiy I—IX asrlarda mavjud boʻlgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harf-tovush yozuvi; u bir manba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga koʻra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yuqori oqim qismlarida joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) viloyatida qoʻllangan[3]. Sugʻdiy yozuv miloddan avvalgi III—II asrlarda shakllangan boʻlib, Markaziy Osiyo madaniyati tarixida muhim rol oʻynadi. Bu yozuv ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida keng qoʻllangan[4].
Qisqa faktlar Sugʻd yozuvi, Yozuv tipi ...
Sugʻd yozuvi | |
---|---|
Yozuv tipi | konsonant |
Tillar | Sugʻd tili |
Paydo boʻlish joyi | Markaziy Osiyo |
Yaratuvchi | Sugʻdiylar |
Yaratilgan sanasi | mil. avv. III-II asr |
Davr | mil. I-IX asr |
Yozuv yoʻnalishi | gorizontal, oʻngdan chapga |
Belgilar soni | dastlab 22-23 harf, IV asrdan 17 ta harf |
Kelib chiqishi | Oromiy yozuvi |
ISO 15924 | Sogd[1][2] |
Yopish
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f0/Bugut.jpg/640px-Bugut.jpg)