Sudanlik qochqinlar inqirozi (2023)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2023-yilgi Sudanlik qochqinlar inqirozi Sudan Qurolli Kuchlari (SAF) va Harbiylashtirilgan Tezkor Kuchlar (RSF) oʻrtasidagi mojaro natijasida yuzaga kelgan.
2023-yil 15-aprelda Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari (RSF) poytaxt Xartumdagi bir qancha Sudan armiyasi bazalariga kutilmagan hujum uyushtirgan[1][2]. Natijada, RSF kuchlari Xartum xalqaro aeroporti, Merowe aeroporti, El-Obeid aeroporti hamda Sobadagi bazani qoʻlga olgan. RSF va SAF oʻrtasida toʻqnashuvlar Prezident saroyi va general al-Burhon qarorgohida boshlangan va har ikki tomon ikki obyekt ustidan oʻz nazoratni daʼvo qilgan. Bunga javoban SAF mamlakatdagi barcha aeroportlarning yopilishini eʼlon qildi va Sudan havo kuchlari Xartumdagi RSF pozitsiyalariga havo hujumlarini uyushtirgan[3][4]. Mojarolar 2000-yillardagi ichki mojaro va genotsiddan keyin tiklangan Darfurga va Janubiy Sudan separatistik guruhlari qoldiqlari SAF yoki RSF bilan birlashgan Kordofan hududiga tarqalgan[5].