Suceava okrugi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Suceava okrugi (ruminchadan talaffuzi:[suˈtʃe̯ava]) — Ruminiya okrugi (rumincha: județ)). Hududining katta qismi tarixiy Bukovina viloyatining janubiy qismida, qolgan qismi esa Gʻarbiy Moldaviyaning bir qismini tashkil qiladi.
| ||
Okrug (Județ) | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Suceava | |
Yirik shahari | Suceava | |
YAIM (2015) | 3.188 millard US$ | |
Aholi (2018) | 757,679 (8-oʻrin) | |
Maydoni | 8,553 km² (2-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC +2 | |
Qisqacha | SV | |
Kod ISO 3166-2 | RO-SV | |
Telefon kodi | (+40) 230 yoki (+40) 330[1] | |
Rasmiy sayti |
http://www.cjsuceava.ro/ http://www.prefecturasuceava.ro/ | |
Xaritada | ||
47°34′48″N 25°45′36″E |
Okrug markazi tarixiy Suceava shahri (nemischa: Suczawa, shuningdek Sotschen yoki Sutschawa ; tarixan qadimgi nemis tilida Sedschopff nomi bilan ham tanilgan)[2] oʻrta asrlarning oxirlarida Moldaviya knyazligining poytaxti boʻlgan, keyin esa Gabsburg/Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriyaning asosiy, asosan nemis tilida soʻzlashuvchi savdo shahri boʻlgan. 1918-yilgacha kechki zamonaviy asr davomida Ruminiya Qirolligi bilan chegarasi boʻlgan.
Bukovina tarixiy-geografik mintaqasining bir qismi boʻlgan Suceava okrugi baʼzan „Sharqiy Yevropa Shveytsariyasi“ deb taʼriflanadi[3][4][5]. Ziyoli jamoatchilik fikrida u „Sharqiy Yevropa Shveytsariyasi“ sifatida ham tanilgan[6].
2011-yilda Suceava okrugida 634,810 aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi 74/km² edi. Quyida har bir etnik guruhning nisbati koʻrsatilgan[7]:
Yil | Okrug aholisi[8] |
---|---|
1948 | 439 751▬ |
1956 | 507 674 |
1966 | 572 781 |
1977 | 633 899 |
1992 | 700 799 |
2002 | 688 435 |
2011 | 634 810 |
2016 | 743 645 |
2018 | 757 679 |
2022 | Toʻliq hisoblanmagan |
Okrugning uchdan ikki qismi tarixiy Bukovina hududining janubiy qismida joylashgan boʻlsa, qolgan qismi Gʻarbiy Moldaviya hududlarini oʻz ichiga oladi.
Umumiy maydoni boʻyicha u 8553 km² boʻlib, bu Banatdagi Timiș okrugidan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.
Okrugning gʻarbiy tomoni Sharqiy Karpat guruhidagi: Rodna, Rarau, Giumalau togʻlaridan va Bukovina tizmalaridan iborat.
Okrugning balandligi sharqqa qarab pasayib boradi, eng past balandligi esa Siret daryosi vodiysida joylashgan. Okrug hududidan Siret daryosi va uning irmoqlari: Moldova, Suceava va Bistrita daryolari kesib oʻtadi.
Suceava okrugi quyidagi hududiy birliklar bilan chegaradosh:
Ruminiya Qirolligida XX asr boshidan 1940-yillarning oxirigacha okrugning hajmi va aholisi kamroq edi. Zamonaviy Suceava okrugi tarixiy Bukovina provinsiyasidan boshqa yana kichik sobiq Ruminiya okruglarining qoʻshilishi natijasi tashkil etilgan boʻlib, ular asosan urushlararo davrda faoliyat koʻrsatgan (masalan. Rădăuţi yoki Campulung okruglari).
Hozirgi Suceava okrugi ham Baia okrugining bir qismini oʻz ichiga oladi. Qirol Carol II davrida 1938-yilgi maʼmuriy islohotga koʻra, Ruminiya Qirolligidagi Bukovinani boʻlgan barcha okruglar Ținutul Suceava deb nomlangan kattaroq yerga birlashtirildi. Keyinchalik, Ikkinchi Jahon urushi paytida, Suceava okrugi Ruminiyaning Bukovina gubernatorligi tarkibiga kirdi.
Tarixiy urushlararo Suceava okrugiga kelsak, bu maʼmuriy birlik mos ravishda Buyuk Ruminiyaning shimoliy qismida va Bukovina tarixiy viloyatining janubiy qismida joylashgan. Hududi butunlay hozirgi Suceava okrugi chegaralarida joylashgan boʻlib, hozirgi nomdosh okrugning markaziy-sharqiy qismini tashkil qiladi. Urushlararo davrda u 1,309 square kilometre (505 kv mi) egallagan va hududi boʻyicha Katta Ruminiyaning eng kichik okrugi edi.
Kommunizm davrida Suceava okrugi bir nuqtada tarqatib yuborildi (1950-yil 6-sentyabrdagi 5-sonli qonunga binoan Ruminiyaning boshqa barcha okruglari kabi), keyin Suceava viloyatiga aylantirildi va 1968-yildan boshlab yana okrug sifatida qayta tashkil etildi.
U sharqda Dorohoi va Botoşani, shimolda Rădăuţi, gʻarbda Campulung va janubda Baia okrugilari bilan chegaradosh.
1930-yildan boshlab okrug maʼmuriy jihatdan uchta tumanga (plăși) boʻlingan[9]:
1938-yilda okrug maʼmuriy jihatdan quyidagi tumanlarga aylantirildi:
1930-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 121,327 kishini tashkil etdi, ular etnik jihatdan ruminlar (79,5 %), nemislar (birinchi navbatda, bukovina nemislari, shuningdek, zipserlar) (8,2 %), yahudiylar (5,5 %), polyaklar (2,7 %), ukrainlar (1,7 %, shuningdek, boshqa etnik ozchiliklarni tashkil etagan[10].
Til boʻyicha okrug rumin (76,5 %), nemis (9,4 %), ukrain (5,5 %), yahudiy (4,3 %), polyak (2,5 %) va boshqa tillarga boʻlingan. Diniy nuqtai nazardan aholini sharqiy pravoslav (80,1 %), rim-katolik (8,4 %), yahudiy (5,5 %), yevangelist-lyuteran (3,3 %), yunon-katolik (1,4 %), shuningdek, boshqa kichiklar dinlar tashkil etgan[11].
Okrugning shahar aholisi 19 850 kishidan iborat (Suceavada 17028 va Solkada 2822) boʻlib, etnik jihatdan ruminlar (61,5 %), yahudiylar (18,7 %), nemislar (13,9 %), polyaklar (2,6 %) va boshqa etniklar ozchiliklarni tashkil etgan[12].
Shahar aholisi ona tili sifatida rumin tili (60,4 %), undan keyin nemis (18,7 %), yahudiy (13,8 %), ukrain (3,2 %), polyak (2,2 %), shuningdek, boshqa kichik soʻzlashuv tillari ustunlik qilgan. Diniy nuqtai nazardan shahar aholisining 60,6 % sharqiy pravoslavlar, 18,8 % yahudiylar, 15,3 % rim katoliklari, 2,0 % yunon katoliklari, 1,7 % yevangelist lyuteran, 0,7 % baptistlar va boshqa konfessiyaviy ozchiliklardan iborat boʻlgan[13].
Okrugda asosiy sanoat/iqtisodiy tarmoqlar quyidagilardan iborat:
Suceava Ruminiyada aholiga eng koʻp savdo maskanlari toʻgʻri keladigan shaharlar orasida birinchi oʻrinni egallaydi[14]. Yuqorida aytib oʻtilgan iqtisodiy sohalar bilan bogʻliq boʻlgan mashhur supermarketlar zanjirlari: Metro, Carrefour, Auchan, Selgros, Kaufland va Lidl (Ruminiyadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi) kabilar mavjud.
2022-yil iyun oyida Milliy liberal partiyaning (PNL) sobiq prezidenti vazifasini bajaruvchi/muvaqqat prezidenti Georghe Flutur tomonidan PNRR/ Yevropa Ittifoqining keyingi avlod rejasidan Suceava okrugi uchun 1 milliard yevroga teng loyihalar borligi xabar qilindi[15].
2017-yilda Suceava Ruminiyada turistlarni jalb etish boʻyicha Braşov va Konstansa okruglaridan keyin 3-oʻrinni egalladi[16]. Bundan tashqari, bir yil oʻtgach, 2018-yilda Suceava okrugi Yevropa Komissiyasi (EC) tomonidan „Yevropaning mukammallik hududi“ deb topildi[17].
Okrugning asosiy turistik diqqatga sazovor joylari:
Okrug kengashining prezidenti etib Konstantin Sofroni (FSN) saylandi[18]. 1992-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 45 maslahatchidan iborat edi[19]:
Partiya | Oʻrin | Hozirgi okrug kengashi | |||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Milliy Najotkor Fronti (FSN) | 17 | ||||||||||||||||||
Ruminiya Demokratik Partiyasi (CDR) | 13 | ||||||||||||||||||
Ruminiya Agrar Demokratik Partiyasi (PDAR) | 8 | ||||||||||||||||||
Ruminiya Ekologik harakati (MER) | 2 | ||||||||||||||||||
"Yoshlar qanoti" milliy liberal partiyasi (PNL-AT) | 1 | ||||||||||||||||||
Milliy Ekologik Partiya (PNE) | 1 | ||||||||||||||||||
Buyuk Ruminiya Partiyasi (PRM) | 1 | ||||||||||||||||||
Ruminiya Sotsial Demokratik Partiyasi (PSDR) | 1 | ||||||||||||||||||
Mustaqil siyosatchilar (MS) | 1 | ||||||||||||||||||
Okrug kengashining prezidenti etib Gavril Marza (PDSR) saylandi. 1996-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 45 maslahatchidan iborat edi[20]:
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ruminiya Demokratik Konvensiyasi (CDR) | 8 | |||||||||
Sotsial Demokratik Partiya (USD) | 7 | |||||||||
Ruminiya Sotsial Demokratik Partiyasi (PDSR) | 7 | |||||||||
Ruminiya Agrar Demokratik Partiyasi (PDAR) | 3 | |||||||||
Sotsial Ishchilar Partiyasi (PSM) | 2 | |||||||||
Buyuk Ruminiya Partiyasi (PRM) | 2 | |||||||||
Rumin Diasporasi Demokrat Pensionerlari Partiyasi (PDPRD) | 2 | |||||||||
Civic Ittifoqi Partiyasi (PAC) | 2 | |||||||||
Ruminiya Erkin Ishlab Chiqaruvchilar Milliy Partiyasi (PNPLR) | 1 | |||||||||
Ruminiya Ekologik Harakati (MER) | 1 | |||||||||
Haydovchilar Milliy Partiyasi (PNAR) | 1 | |||||||||
Pensionerlar Partiyasi (PP) | 1 | |||||||||
Sotsialistlar Partiyasi (PS) | 1 | |||||||||
Milliy Xristian Demokratik Partiyasi (PNDC) | 1 | |||||||||
Ruminiya Yangi Jamiyat Partiyasi (PRNS) | 1 | |||||||||
Ruminiya Milliy Birlik Partiyasi (PUNR) | 1 | |||||||||
Ruminiya Polyaklari Ittifoqi (UPR) | 1 | |||||||||
Liberal Partiya (PL '93) | 1 | |||||||||
Câmpeanu Milliy Liberal Partiyasi (PNL-C) | 1 | |||||||||
Yevropa Integratsiyasi Harakati (MIE) | 1 | |||||||||
Okrug kengashining prezidenti etib Gavril Marza (PDSR) saylandi. 2000-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 45 maslahatchidan iborat edi:
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Sotsial Demokratik Partiya (PDSR) | 16 | |||||||||||||||||
Buyuk Ruminiya Partiyasi (PRM) | 4 | |||||||||||||||||
Ruminiya Ittifoqi (ApR) | 4 | |||||||||||||||||
Democratik Partiya (PD) | 4 | |||||||||||||||||
Ruminiya Demokratik Konvensiyasi (CDR 2000) | 4 | |||||||||||||||||
Milliy Liberal Partiya (PNL) | 3 | |||||||||||||||||
Milliy Xristian Demokratik Partiyasi (ANCD) | 2 | |||||||||||||||||
Ruminiya Sotsial Demokratik Partiyasi (PSDR) | 2 | |||||||||||||||||
Ruminiya Miliy Partiyasi (PNR) | 2 | |||||||||||||||||
Ruminiya Pensionerlar Partiyasi (PPR) | 2 | |||||||||||||||||
Ruminiya Milliy Birlik Partiyasi (PUNR) | 2 | |||||||||||||||||
Okrug kengashining prezidenti etib Gavril Marza (PSD) saylandi. 2004-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 37 maslahatchidan iborat edi:
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | |||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Sotsial Demokratik Partiya (PSD) | 17 | ||||||||||||||||||
Adolat va Haqiqat Ittifoqi (DA) | 14 | ||||||||||||||||||
Buyuk Ruminiya Partiyasi (PRM) | 3 | ||||||||||||||||||
Gumanist Partiyasi (PUR) | 3 | ||||||||||||||||||
Okrug kengashining prezidenti etib Georghe Flutur (PDL) saylandi. 2008-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 36 maslahatchidan iborat edi:
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Demokratik Liberal Partiya (PDL) | 18 | |||||||||||||||||||
Sotsial Demokratik Partiya (PSD) | 14 | |||||||||||||||||||
Milliy Liberal Partiya (PNL) | 4 | |||||||||||||||||||
Okrug kengashining prezidenti etib Cătălin Nechifor (PSD/USL) saylandi. 2012-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrugi kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 36 maslahatchidan iborat edi:[21]
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Sotsial Liberallar Partiyasi (USL) | 18 | |||||||||||||||||||
Demokratik Liberal Partiya (PDL) | 15 | |||||||||||||||||||
Dan Diaconescu Xalq Partiyasi (PP-DD) | 3 | |||||||||||||||||||
Okrug kengashining prezidenti etib Georghe Flutur (PNL) saylandi. 2016-yilgi mahalliy saylovlarda saylangan Suceava okrug kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 37 maslahatchidan iborat edi:[22]
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | |||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Milliy Liberal Partiya (PNL) | 21 | ||||||||||||||||||||||
Sotsial Demokratik Partiya (PSD) | 16 | ||||||||||||||||||||||
Okrug kengashining saylangan prezidenti — Georghe Flutur (PNL). 2020-yilgi mahalliy saylovlarda yangilangan Suceava okrug kengashi quyidagi partiyaviy tarkibiga ega 36 okrug maslahatchisidan iborat:[23]
Partiya | Oʻrinlar | Hozirgi okrug kengashi | |||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Milliy Liberal Partiya (PNL) | 18 | ||||||||||||||||||||||
Sotsial Demokratik Partiya (PSD) | 13 | ||||||||||||||||||||||
Inson Harakati Partiyasi (PMP) | 5 | ||||||||||||||||||||||
Suceava okrugida 5 ta munitsipalitet, 11 ta shahar va 98 ta kommuna mavjud.
2010-yil iyun oyida, oʻsha paytdagi (hozirgidek) Suceava okrugi kengashi prezidenti Georghe Flutur Mediafaxga bergan intervyusida uning okrugi mamlakatdagi eng yomon jabrlanganlardan biri ekanligini aytib oʻtdi. 29-iyun kuni ertalab 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan va yuzlab odamlar uylaridan evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘lgan suv toshqinini bartaraf etish uchun yordam ishlari muvofiqlashtiriladi[25].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.