From Wikipedia, the free encyclopedia
Studia Linguarum (so'zma-so'z "Til institutlari") Rim-katolik cherkovining sharq tillarini o'rganishga birinchi harakati bo'lgan. [1] Sharq tillarini oʻrganish zarurati 1236 - [2] yilda Parijdagi Dominikan ordenining umumiy boʻlimi tomonidan tasdiq etilga. [1]
Studia Linguarumning birinchi maktabi Tunisda XIII asr boshlarida Penafortlik Raymond tomonidan tashkil qilingan hamda u yerda Studium arabicum deb ham nomlangan. [1] [2] Maʼlum bo'lganidek, 1250 - yilda Toledo provinsiyasi boʻlimi arab tilini oʻrganish maqsadida Tunis institutiga 8 ta rohib yuborgan, shular jumlasidan, mashhur arabshunos Ramon Marti . [2] XIII asrning ikkinchi yarmida maktab ba'zi talabalarga arab tilini o'rganishga ruxsat berdi. [2]
Bu institutlarning tashkil qiliniishining ko'rinarli ta'siri sifatida, ba'zi arab ilmiy asarlari, Murcia Studium'dan Friar Dominicus Marrochini tomonidan Ali Ibn Isoning Liber Oculorum oftalmologik asari (Jesu Xali) kabi Yevropa tillariga tarjima qilindi. [2]
1311 - yilda Vena kengashi Parij, Boloniya, Oksford, Salamanka va Rim universitetlarida sharq tillarini o'rganish maktablarini tashkil etishga qaror qildi. [1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.