From Wikipedia, the free encyclopedia
Stoitsizm (yun. stoa – peshayvon; yunon falsafiy maktabi tarafdorlari yigʻilish oʻtkazadigan joy) – yunon falsafasidagi okimlardan biri. S. tarixi 3 davrga boʻlinadi: qad. Stoya (mil. av. 3—2-asrlar; asoschilari – kitionlik Zenon, Xrisipp, Kleanf); oʻrta Stoya (mil. 2—1-asrlar; namoyandalari – Panetsiy, Posidoniy); keyingi Stoya (mil. 1—2-asrlar; namoyandalari – Seneka, Epiktet, imperator Mark Avreliy va boshqalar). S. vakillari birinchi boʻlib falsafani fizika, etika va mantiqqa boʻldi. Stoiklar fizikada Heraklitning abadiy alangalanuvchi hamda soʻnuvchi olov haqidagi taʼlimotini qayta tikladi. Ularning fikricha, mantiq ilmi tushuncha va muhokama soʻzlarini toʻgʻri tuzish va qoʻllashga oʻrgatishi lozim. Gnoseologiyada stoiklar sensualizm mavqeida turdilar. Etikada burch tushunchasini ilgari surdilar, tabiatga mos keladigan hayotni oliy sahovat deb tushundilar. Ularning fikricha, inson bir butun borliqning tarkibiy qismi boʻlib, uning hayoti takdir yoxud zaruriy qonuniyat orqali belgilanadi. Takdirga tan bermaslik behudadir. Insonning haqiqiy baxti ruhning xotirjamligi, ehtiroslardan xoliligidir. Bunday fazilatlar kishi oʻzini oʻzi tarbiyalashi oqibatida shakllanadi. Ezgulikning doyasi – aql-farosat, meʼyor va jasoratdir. Bularga zid barcha holatlar yomonlik belgisi Hisoblanadi. S.da aql va odob qoidalariga monand tarzda yashash imkoniyati boʻlmagan taqdirda insonning oʻlimni ixtiyor etishi oqlanadi. S. neoplatonizm va xristianlikka sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Umumiy mavzular | Sharq falsafasi · Gʻarb falsafasi | Falsafa tarixi: Antik · Oʻrta Asrlar · Oydinlashma ·Renessans ·XVII asr ·XVIII asr · XIX asr ·XX asr |
Sohalar | Estetika · Etika · Epistemologiya · Mantiq · Metafizika · Taʼlim falsafasi · Tarix falsafasi · Til falsafasi · Huquq falsafasi · Fan falsafasi · Metafalsafa · Siyosat falsafasi · Din falsafasi · Urush falsafasi |
Oqimlar | Tahliliy falsafa · Determinizm · Dialektik materializm · Ratsionalizm · Ekzistensializm ·Absurdizm ·Hegelchilik · Gumanizm · Idealizm · Materializm · Yangiaflotunchilik · Nigilizm · Fenomenologiya · Aflotunchilik · Pozitivizm · Postmodernizm · Pragmatizm · · Sxolastitsizm · Stoitsizm |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.