Stetoskop
From Wikipedia, the free encyclopedia
Stetoskop – inson va hayvonlar ichki aʼzolarining tovushlarini eshitib tashhis qoʻyish uchun moʻljallangan tibbiy auskultatsion asbob. Stetoskop yordamida yurak, oʻpka, ichaklarning biologik tovushlari, arteriya va yirik qon tomirlarning qon oqimi qarshiliklarini eshitish uchun ishlatiladi. Sfigmomanometr bilan birga qon bosimini oʻlchashda qoʻllaniladi. Auskultativ tovushlarni kuchaytiruvchi stetoskop fonendoskop deb ataladi.