![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/dd/Stefan_Johansen_2017.jpg/640px-Stefan_Johansen_2017.jpg&w=640&q=50)
Stefan Johansen
From Wikipedia, the free encyclopedia
Stefan Marius Johansen (talaffuzi: Stefan Marius Yoxansen; 1991-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi. U markaziy yarim himoyachi va EFL chempionatining Queens Park Rangers klubi sardori sifatida oʻynaydi. 2021-yilda Johansen Norvegiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[3].
![]() Johansen 2017-yilda Fulham uchun oʻynamoqda | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Stefan Marius Johansen[1] | ||
Tavallud sanasi | 8-yanvar 1991-yil (1991-01-08) (33 yosh) | ||
Tavallud joyi | Vardø, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.82 m[2] | ||
Ampluasi | Markaziy yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Queens Park Rangers | ||
Raqami | 6 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
0000—2004 | Vardø | ||
2005—2006 | Bodø/Glimt | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007—2010 | Bodø/Glimt | 30 | (0) |
2011—2014 | Strømsgodset | 67 | (8) |
2014—2016 | Celtic | 73 | (12) |
2016—2021 | Fulham | 126 | (19) |
2019 | → West Bromwich Albion (ijara) | 14 | (2) |
2021 | → Queens Park Rangers (ijara) | 21 | (4) |
2021— | Queens Park Rangers | 46 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
2006—2007 | Norvegiya 16 yoshgacha | 8 | (3) |
2007—2008 | Norvegiya 17 yoshgacha | 10 | (3) |
2008—2009 | Norvegiya 18 yoshgacha | 5 | (1) |
2009—2010 | Norvegiya 19 yoshgacha | 8 | (1) |
2011—2013 | Norvegiya 21 yoshgacha | 5 | (0) |
2012 | Norvegiya 23 yoshgacha | 1 | (0) |
2013—2020 | Norvegiya | 55 | (6) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 16-sentyabr uchun) |
Johansen 14 yoshida Bodø/Glimt klubiga qoʻshildi. U 2007-yilda birinchi jamoasidagi debyutini oʻtkazdi va 2011-yilda Strømsgodsetga oʻtdi va u yerda 2012-yilda ligada ikkinchi oʻrinni egallagan hamda 2013-yilda liga chempionligini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri edi. Johansen 2013-yilda yilning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida Kniksen mukofotini qoʻlga kiritdi. U 2014-yilning yanvarida Celticga oʻtdi. 2015-yilda Johansen Celticda klub muxlislari tomonidan berilgan ovoz natijalariga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi nomini qoʻlga kiritdi.
Johansen Norvegiyani yoshlar o‘rtasida xalqaro miqyosda himoya qilgan va 2013-yilgi Yevropa chempionati oʻyinlarida 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi tarkibida ishtirok etgan. U 2013-yilda xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi.