From Wikipedia, the free encyclopedia
Staunton shaxmat toʻplami shaxmat donalarining standart uslubi boʻlib, xalqaro shaxmat boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan FIDE tomonidan musobaqalarda foydalanish uchun tavsiya etilgan[1][2].
Nathaniel Cookening taʼkidlashicha patent boʻyicha dizayn mashhur ingliz shaxmat ustasi Howard Staunton sharafiga nomlangan. Birinchi 500 toʻplam raqamlangan holda Staunton tomonidan imzolangan edi. Toʻplam uslubi va uning oʻzgarishlari uzoq vaqtdan beri butun dunyoda qoʻllanilmoqda[3].
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida shaxmat oʻyiniga, xususan, xalqaro oʻyinlarga boʻlgan qiziqishning ortishi shaxmat donalari uchun universalroq modelga talabni yana bir bor oshirdi. XV asrda boshlangan anʼanaviy shaklning xilma-xilligi va uslublari XIX asr boshlariga kelib keng tarqala boshladi. Oʻsha davrda mashhur boʻlgan anʼanaviy turlarga ingliz Barleycorn shaxmat toʻplami, St. George shaxmat toʻplami, Fransiyaning Regens shaxmat toʻplami (Parijdagi Café de la Régence nomi bilan atalgan) va Markaziy Yevropada shakllangan baʼzi ulsublar kiradi. Oʻsha paytda ishlatilgan dizaynlarning aksariyatini farqlash qiyin boʻlgan.
Staunton shaxmat toʻplami 1849-yilda ushbu masalalarga javob sifatida chiqarilgan. Donalar ishlatish uchun qulay boʻlishi va turli millatdagi shaxmatchilar tomonidan tan olinishi uchun yaratilgan. Ushbu toʻplam birinchi marta Londondagi Hatton Garden kompaniyasining mahsuot yetkazib beruvchisi va sport anjomlari ishlab chiqaruvchisi John Jaques of London tomonidan ishlab chiqarilgan. U 1843-1851 yillarda dunyoning eng kuchli shaxmatchisi hisoblangan Howard Staunton (1810-1874) sharafiga Staunton shaxmat toʻplami deb nomlandi.
Toʻplam rivojlanishining bir nazariyasiga koʻra, Nathaniel Cooke ushbu uslubni yaratayotganda zodagonlar sinfiga tanish boʻlgan nufuzli meʼmorchilik tushunchalaridan foydalangan. Yunoniston madaniyati va qadimgi Rim madaniyatidan kuchli taʼsirlangan London meʼmorlari neoklassik uslubda nufuzli binolarni loyihalashtirganlar. Yangi shaxmat toʻplamlarining paydo boʻlishi ana shu uslubga asoslangan edi.
FIDE shaxmat qonunlariga koʻra oʻzgartirilgan Staunton shaxmat toʻplami koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilar uchun ishlatiladi. Bunday toʻplamda qora donalar oq donalardan donalar ustidagi kichik nuqta/boshoq bilan farqlanadi. Ushbu nuqtalar foydalanuvchiga taxta va donalar orqali pozitsiyani tushunish, uni his qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir kvadratda har bir donaning pastki qismidagi qoziqlar oʻrnatilgan teshik bor, bu foydalanuvchiga qismlarni harakatlantirmasdan yoki ularni yiqitmay turib yurish imkonini beradi[4].
1849-yilgi Staunton shaxmat toʻplamidan olingan 17 ta variant mavjud boʻlib, ular quyidagicha tasniflanadi:
Staunton shaxmat toʻplami bugungi kunda juda mashhur va kelajakda ham shunday boʻlib qolishi mumkin. Dizayn oʻzining muvozanatli va osongina tanib olinadigan donalari tufayli juda qulay sanaladi. Hozirda turnir shaxmat donalari uchun rasmiy standart hisoblanadi.
Hatto standart Staunton naqshlari toʻplamlari orasida ham qismlarning uslubi farq qiladi. Masalan otlar sezilarli darajada farq qiladi. Baʼzi misollar quyida koʻrsatilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.