Spinozavrlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Spinosavridlar, yoki spinozavrlar (lotincha Spinosauridae) — yura oxiridan to boʻr davrigacha (157,3-70,6 million yil avval) yashagan teropodlar turkumiga mansub yirtqich dinozavrlar oilasi. Ularning qoldiqlari Afrika, Yevropa, Janubiy Amerika, Osiyo[1] va ehtimol Avstraliyada[2] topilgan. Kengroq taksonomik darajada aniqlangan bir nechta namunalar bundan mustasno, jami 13 tur tavsiflangan[3]. Spinozavrlar orasida eng kattasi uzunligi 15 metrgacha boʻlgan spinozavr, eng kichigi esa taxminan 8 metr uzunlikdagi irritator edi.