Tariqat arbobi va mutasavvuf lirik oʻzbek shoiri From Wikipedia, the free encyclopedia
Soʻfi Olloyor (baʼzi manbalarda Ollohyor[1])(1644-yil, Kattaqoʻrgʻon bekligi Minglar qishlogʻi — 1724-yil, Denov) — tariqat arbobi va mutasavvuf lirik oʻzbek shoiri. Tasavvufning yirik olimlaridan.
Soʻfi Olloyor o‘zbek mumtoz adabiyotida tasavvuf adabiyoti an’analarini izchil davom ettirib, o‘ziga xos maktab yaratgan adib, shoir va mutafakkirdir.[2] Soʻfi Olloyor 1644-yili Kattaqoʻrgʻonning Minglar qishlogʻida ziyoli oʻzbek oilasida tavallud topgan.[3] Otasi Temir Yor ogʻlining tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanadi: u 12 yoshigacha oʻz qishlogʻida oʻqiydi, keyinchalik Buxoroga borib madrasalarda bilim olib, oʻzbek va tojik tillarida yoza boshlaydi. Shayxlar maktabi va Buxorodagi joʻybor shayxlari dargohida taʼlim olgan. Oʻz davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini oʻrgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga toʻra etib tayinlangan. Darveshona feʼl, shoirona koʻngil sohibi boʻlgan Soʻfi Olloyor bu lavozimdan tezda isteʼfo berib, oʻz davrining mashhur shayxi Navroʻzga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, 10 yildan keyin shayxlik martabasiga koʻtarilgan valiulloh (karomat soxibi) boʻlib yetishgan.Hazratni Shahrisabz tumani Duqchi qishlog'ida xam qadamjolari bor.
Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan Soʻfi Olloyor ijodining asosiy yoʻnalishi islom maʼrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bogʻliq gʻoyalarini targʻibtashviq qilishdan iborat. U "Maslak ulmuttaqin" ("Taqvodorlar maslagi"), "Murod ulorifin" ("Oriflar murodi"), "Maxzan ulmuteʼin" ("Itoatkorlar xazinasi") asarlarini forsiy, "Sabot ul-ojizin" ("Ojizlar saboti"), "Favz unnajot" ("Najot tantanasi") masnaviylarini turkiy tilda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheʼrlari ham mavjud. "Mevalar munozarasi" nomli manzuma ham unga nisbat beriladi.
So'fi Olloyorning
shoh asari "Maslak ulmuttaqin" boʻlib, 12 ming bayt, 135 ta kattakichik bobdan iborat. Ilohiy maʼrifatning badiiy talkiniga bagʻishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan soʻng doʻstu yaqinlari undan turkiy tidda ham shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u "Maslak ulmuttaqin"ni birmuncha qisqartirib, oʻzbek tilida nazmda bitgan va universiteta "Sabot ulojizin" deb nom bergan. Oʻzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi boʻlmish ushbu asarda tasavvuf taʼlimotining maʼnaviyaxloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa koʻshgan.
Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir taʼriflab bergan. Axloqiytaʼlimiy ahamiyati jihatidan, xususan, "Maslak ulmuttaqin" va "Sabot ulojizin" asarlari maktab va madrasalarda asosiy dareliklar qatorida oʻqitilib kelgan. Uning diniytasavvufiy ruxdagi pandu hikmatga yoʻgʻrilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulgʻor, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular koʻp nusxalarda koʻchirilgan. 19-asrning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir necha marta bosilib chiqqan.
Soʻfi Olloyor asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bagʻishlab sharhlar yozilgan, lugʻatlar tuzilib, u qoʻllagan tasavvufiy istilohtimsollar keng sharhlangan.
Katta Vaxshivor qishlogʻining mashhurligi Soʻfi Olloyor hazratlarining nomi bilan bogliq. Soʻfi Olloyor bu qishloqni obodonlashtirib, Qorabuloq nomi bilan ataluvchi buloqdan chiqgan suvni qishloqqa olib kelib, 1713-yilda xalq hashari usulida masjid qurib ishga tushuradi. Bu masjid bugungi kunda ham xalqga xizmat qilmokda.
Soʻfi Olloyor xayotining keyingi yillarini (1710-1721) Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi (hozirgi Oltinsoy tumani) Katta Vaxshivor qishlogʻida oʻtkazib 90 yoshlarida shu joyda vafot etgan va dafn etilgan. Serfayz qabrlari Katta Vaxshivorda joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.