Sony Interactive Entertainment
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sony Interactive Entertainment (yaponcha: 株式会社ソニー・インタラクティブエンタテインメント; qisqartmasi SIE; ilgari Sony Computer Entertainment (SCE) nomi bilan tanilgan) koʻp millatli videooʻyin ishlab chiqaruvchi shirkatdir. Egasi — Sony.[3] Tokioda tashkil topgan SIE Inc.ga 1993-yil noyabrda asos solingan. Dastlab, nomi Sony Computer Entertainment Inc. (SCEI yoki SCE) boʻlgan. SIE MChJ 2016-yil aprelida San Mateo shahrida tashkil topib,[3] Sonyning AQShdagi filiali — Sony Corporation of America tarafidan boshqariladi.[1]
SIE global shtab-kvartirasi San-Mateo, Kaliforniya, AQSh | |
Sobiq nomi | Sony Computer Entertainment (1993–2016) |
---|---|
Turi | video game publisher |
Tarmogʻi | Videooʻyin sanoati |
Egasi | Sony[1] |
Qachon asos solingan |
16-noyabr, 1993-yil (30 yil avval) (1993-11-16) (Tokio) 1-aprel, 2016-yil (8 yil avval) (2016-04-01) (Sony Interactive Entertainment, Inc. sifatida) |
Joylashuvi | San Mateo, California, AQSh |
Asoschi(lari) | Ken Kutaragi |
Rahbariyat |
|
Mahsulot(lar)i |
Aksessuarlar va kontrollerlar
|
Aylanma daromadi | ▲ AQSh$2.503 milliard[2] |
Operatsion foydasi | ▲ US$322 million[2] |
Ishchilar soni | tax. 3 500 |
Vebsayti | sie.com |
1994-yilda original PlayStation konsoli ishlab chiqarila boshlaganidan beri, ushbu shirkat PlayStation videooʻyin konsollari, aksessuarlari va xizmatlarini ishlab chiqmoqda. Kompaniya Yaponiyadan Shimoliy Amerika va Yevropaga tarqalib, bu hududlarda filiallarini ochdi. Jumladan, 1995-yil mayida AQShning Kaliforniya shtatidagi Foster shahrida Sony Computer Entertainment America (SCEA), 1995-yil iyunida Liverpul shahrida Sony Computer Entertainment Europe (SCEE) filiallariga asos solindi. 2016-yil aprel oyida SCE va Sony Network Entertainment International qayta tashkil etildi. Oʻsha yili SIE MChJ ham tashkil etilib, uning bosh ofisi Kaliforniyaning San-Mateo shahrida joylashgandir.