Sohibqiron
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sohibqiron (arab. — saodatli, zafarli, gʻolib)
- 1) ilmi nujum va afsonalarda — Zuhra va Mushtariy yoki Zuhra va Quyosh sayyoralarining birlashishi, yaʼni ular ekliptikaning maʼlum bir darajasida toʻqnash kelishi vaqti (qiron)da tugʻilgan bola, bunday bolaning baxtli, ulugʻ martabali boʻlishi oldindan bashorat qilingan;
- 2) Sharq mamlakatlarida, xususan, Eron va Turonzaminda qudratli hukmdor, jahongir unvoni (Faridun, Chingizxon va h.k.);
- 3) Amir Temurning sharafli unvoni.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Sohibqiron (maʼnolari).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |