Afsona — 1) xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi. Afsonalar ogʻizdan-ogʻizga, eldan-elga oʻtib kelgan, ifoda usuli bayon tarzida. Afsonalar ogʻzaki hikoyat boʻlib, u xayoliy obraz yoki tasavvur asosiga quriladi, hikoya qiluvchilar va tinglovchilar tomonidan qachonlardir shunday boʻlgandek qabul qilinadi. Rivoyatdan farqli oʻlaroq Afsonalar zaminida albatta moʻjiza, sehr-jodu boʻladi. Afsonalar olam (Yer, Quyosh va boshqa sayyoralar yuzaga kelishi) haqida, toponimik (Qof togʻi, daryo, dengiz, shahar, qal’a, qishloq, tepalik, Eram bogʻi va hokazo), elatlarning kelib chiqishi (masalan, turkiy xalqlarning), hayvonot dunyosi (masalan, sher, ajdaho, anqo, semurgʻ va boshqalar)ga oid, tabiatdagi voqea, hodisalar (masalan, chaqmoq, zilzila, shamol va boshqalar) xususida, tarixiy shaxslar (mas, turkiylardagi Er Toʻnga, Toʻmaris, Shiroq, anglosakslar qiroli Artur va boshqalar) toʻgʻrisida, diniy (mas, islomdagi Nuh paygʻambar xususidagi, Abu Muslim jangnomasi, Avestodagi Frangrasyan (Afrosiyob), xristianlikdagi Iso Masihning havoriylari bilan sayohatiga bogʻliq voqea-hodisalar) va boshqa turli-tuman mavzularda boʻladi. A.lar hajmi kichik, bayon qilinishi sodda, badiiy tasvir vositalaridan deyarli xoli boʻladi, tuzilishiga koʻra ertak, naql, rivoyatlarta oʻxshab ketadi. A.lar yozma adabiyotning, ayniqsa, badiiy, falsafiy, dinga, tarixga, axloqqa oid asarlarning mavzui, muayyan qismi tarzida gʻoyaviy-estetik vazifani bajargan. Masalan, „Qutadgʻu bilig“, „Devo-nu lugʻotit turk“, Alisher Novoiyning „Hamsa“, Dantening „Ilohiy komediya“, Chingiz Aytmatovning „Oq kema“, Erkin Vohidovning „Ruhlar isyoni“, Abdulla Oripovning „Jannatga yoʻl“ kitoblarida A.lar asarning badiiy-estetik va taʼsir kuchini oshirishga, inson ruhiyatini yanada chuqur va toʻlaqonli tasvirlashga xizmat qilgan.2) Koʻchma maʼnoda — uydirma, yolgʻon, aqlga toʻgʻri kelmaydigan gap.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.