Sobir Kamolov (tarixchi)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sobir Kamolovich Kamolov (oʻzbekcha: Sobir Kamolov; 1924-yil 10-sentyabr, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Chimboy tumani, Qorabugʻa qishlogʻi – 2009-yil 1-fevral[1]) – sovet va qoraqalpoq tarixchisi, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi[2], Oʻzbekiston (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1973) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori (1969). Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti rektori (1957—1961), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisi (1961—1996) va maslahatchi (1996-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1984—1998). „Jasorat“ medali (1994), „Shuhrat“ medali (1994) mukofotlari sohibi.
Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Sobir Kamolov | |
---|---|
oʻzbekcha: Sobir Kamolov | |
Tavalludi |
10-sentyabr 1924-yil SSSR Oʻzbekiston |
Vafoti |
1-fevral 2009-yil |
Fuqaroligi | |
Sohasi | Tarix |
Taʼlimi | Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti |
Akademik rahbarlari | T.A.Jdanko |
Yopish