Sitor (hind: سه تار / ستار)Hindiston va Pokistonda: torli-tirnama musiqa cholgʻu asbobi[1]. Dehli sultonligi davri (13–14-asrlar)dan Shimoliy Hindistonda tarqalgan. Keng va uzun dastasiga siljuvchi pardalar (19 dan 23 gacha) oʻrnatilgan. Unga 7 asosiy va yon quloqlariga 13 aks sado beruvchi simlar tortiladi. Kovoqdan qilingan asosiy kosasining usti yupqa taxta bilan qoplangan boʻlib, qoʻshimcha kosachasi ham boʻladi. Nolalarga boy ovozi, jarangdorligi, virtuozlik imkoniyatlari kengligi tufayli hind mumtoz musiqa (raga) ansambllarida sitordan asosiy cholgʻu sifatida foydalaniladi. Sitorni takomillashtirgan va uning ilk mohir ijrochisi Xusrav Dehlaviy hisoblanadi. 20-asrda sitor ijrochilaridan Gʻulom Muhammad Xon, Barkat Ali, Ollouddin Xon, Ravi Shankar va boshqalar mashhur[2].

Thumb
Sitor cholgʻu asbobi

Manba

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.