Singapur isyoni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Singapur qoʻzgʻoloni (inglizcha: 1915 Singapore Mutiny; 1915-yilgi Sepoylar qoʻzgʻoloni sifatida ham maʼlum) — ushbu qoʻzgʻolonda Birinchi jahon urushi paytida Britaniya qoʻshinlariga qarshi 850 ta sepoy qatnashgan. Qoʻzgʻolon taxminan etti kun davom etib, Britaniya qoʻshinlari tomonidan bostirilgunga qadar 47 nafar britaniyalik askar hamda mahalliy aholi orasida qurbonlar berilishiga sabab boʻlgan. Britaniya harbiy boʻlinmalari hamda Britaniya ittifoqchi davlatlar: Rossiya yordamchi kreyseri „Oryol“, fransuz kreyseri „Montkalm“ va Yaponiyaning „Otova“ va „Tsushima“ kreyserlaridan harbiy dengizchilar tushirilgan. Bu voqea Britaniya hukumatini gʻaflatda qoldirdi va Britaniyaning Singapurdagi hukmronligi asoslariga zarba berdi[1].