Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi(ozarbayjoncha: Şuşa Tarix-Memarlıq Qoruğu) – 1988-yilda Ozarbayjon Respublikasınıng davlat tarix-meʼmoriy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan[2].

Batafsil maʼlumot Shusha Davlat Tarix-Meʼmorlik Qoʻriqxonasi ozarb. Şuşa Tarix-Memarlıq Qoruğu, Mamlakat ...
Shusha Davlat Tarix-Meʼmorlik Qoʻriqxonasi
ozarb. Şuşa Tarix-Memarlıq Qoruğu
Thumb
qal’aning tashqaridan koʻrish.
Mamlakat Ozarbayjon
Shahar Boku
Tegishli Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi
Qurilish vaqti 1752
Uslubi Arran meʼmorlık maktabi
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Susha historical and architectural reserve
Turi Madaniy
Mezonlari i, iv, v, vi
Tayinlangan 2001
Manba nomeri 1574 [1]
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olish
Manba nomeri 21
Turi Qoʻriqxona
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Thumb
Yopish

Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi – XVIII asrda Ozarbayjon shaharsozlik sanʼatining eng goʻzal namunasi oʻlaroq xonlikning ijtimoiy-siyosiy markazi sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Qorabogʻ xonligining poytaxti boʻlgan Shusha shahri oʻzining goʻzal, maftunkor tabiyati va strategik joylashuvi jihatidan muhim nuqtada joylashgan. Qorabogʻ xonlıgining asoschisi Panohali xon Sarıjalı Javanshir 1747-yilda mustaqil xonlik tuzar ekan, eng avvalo, oʻzi uchun bir qarorgoh qurishga kirishdi. Dastlab bunyod ettirgan Bayot (1748) va Shohbulogʻı (1752) qasrlari mudofaa jihatidan davr talablariga javob bermas edi. Buni inobatga olgan Panoh xon yangi shahar-qal’a barpo etishga qaror qiladi. Shusha hududi shahar uchun qulay joy sifatida tanlanadi. Shusha shahrining barpo etilish sanasi tarixi maʼlum emas. Shusha shahri tarixi yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchi E.Avalovning XIX asr rus manbalariga tayaninb bildirgan maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maʼlumotlarga koʻra, Shusha masjidlaridan birining devoridagi yozuvda Panoh xonnıng 1167-yil Hijriydə Shusha shahriga birinchi poydevor qoʻygani qayd etilgan. Shushaning Juma masjidi devoridagi bu tosh bitik qayta taʼmirlanish vaqtida yoʻqolib ketgan. Demak, mazkur manbaga tayanadigan boʻlsak Shusha shahriga 1753-yilda asos solingan. Shusha platosining dengiz sathidan eng baland nuqtasi 1600, eng pasti esa 1300 metrga yaqindir. Yuksak togʻliklardan oqib keluvchi Dasholtı və Xalfali daryolari shaharni oʻrab olgan. Bu yerning yolgʻiz tabiiy jihatdan zaif nuqtasi boʻlgan shimoli-sharqiy qismiga qalaʼ devori qurishga ehtiyoj bor edi. Shunday qilib strategik jihatdan muhim joy sifatida tanlangan yerda kam mablagʻ evaziga mustahkam mudofaali katta shahar (350 gektar) bunyod etildi. Shahar barpo etilgan yillarda unga asos solgan xonning nomi bilan Panohobod deb nomlangan. Faqat qisqa muddatdan soʻng tabiiy joylashuv oʻrniga koʻra Shusha deb nomlangan. Ozarbayjonning oʻsha vaqtdagi xonlik markazlari ichida Shusha „shahar-qal’a“ maqomidagi eng nufuzli shahar boʻlgan. „Qoyalarga chiqish imkonsiz“ (qarang Keppel) Shushaning qal’a devorlari qadimgi Midiyaning eramizdan avvalgi IX asrdagi devor rasmlari bilan uygʻun holda bezatilgan. Qurilish vaqtidan soʻng shahar kuchli hujum va qamal ichida qoladi. Shusha bu vaqtda Qorabogʻning bosh qal’asi edi. U funksiyasiga koʻra xalq orasida „Qal’a“ nomi bilan tanilgan. Shusha qal’asi Ozarbayjonning oʻrta asr yangicha shaharsozlik anʼanasiga uygʻun holda toʻrt chorrahadan iborat boʻgan. Qal’aning bosh chorrahasi shimolda boʻlib Ganjadan kelishdagi yoʻlda joylashgani uchun shu nom bilan atalgan. İravan yoʻli esa Shusha qal’asini Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari bilan birlashtirgan.[3]

Qolgan ikki yoʻIi atrofi togʻ bilan oʻralgan hududda joylashgan. Shushaning ich qal’asi Ganja yoʻli yaqinindagi baland tepalikda joylashgan. Tarixchi Mir Mehdi Xazoniyning yozib qoldirgan maʼlumotlariga koʻra Panoh xon tomonidan qurilgan ichqal’a „devor va minoralari boʻlgan kichik qal’a (qasr)“ boʻlgan. Xon oʻz qarorgohi yaqinidagi tepalikda oʻgʻli İbrohim xon uchun mazkur „goʻzəl saroy“ni qurdiradi. Rus muhandislarining chizmalari asosi boʻyicha tepalikning relefiga uygʻun murakkab shaklli ichqal’a saroy binolari, devonxona va boshqa binolardan iborat komleksdir. Shushaning boshqa obidalari kabi bu saroy komleksi ham rus bosqinidan soʻng ishgʻol etiladi. Saroy kompleksi aylana shaklidagi minoralari boʻlgan qal’a devorlari bilan oʻralgan. Shahar qal’asining muhim strategik nuqtalarida toʻtburchak shaklida bogʻlari boʻlgan qasrlar barpo etilgan.

Bu qasrlarning ichida kuchli mudofaa tizimiga ega qal’alar qurilgan. Bular shahar tashqarisini nazorat qilish va shaharga boʻladigan hujumlardan mudofaa qilishda muhim rol oʻynagan. Ulardan hozirga qadar faqat ikkisii – Panoh xon qasri va Qora Buyuk Xonım qasri saqlanib qolgan.

Kirish chorrahasidagi Qora Buyuk Xonım qasri maʼlumotlarga koʻra 1768-yilda qurilgan. Joylashish oʻrniga koʻra dinamik landshaftı qal’a devorları va minoralari tuzilishiga uygʻunlik kasb etgan. Qal’a divorı togʻ relefida joylashgani uchun murakkab shaklni oʻz ichiga olgan. Minoralarning asos devorlaridan tepalikka chiqish qismi mustahkam mudofaaga ega boʻlgan. Qal’a devorı va minoralari ancha mustahkamligi bilan ajralib turgan. Qal’a devorları, minoralari, qasri Shushaning qoyali va oʻrmonli landshafti bilan uygʻunlikda ajoyib bir koʻrinish kasb etadi. Susha mustahkam shahar qal’asiga ega boʻlgan, shu bilan birga XVIII-XIX asrlarda Ozarbayjonning muhim siyosiy-iqtisodiy va madaniyat markazi boʻlgan.

İbrohim xonnıng hokimiyati yillarida (1759-1806) shahar maydonining sharqiy qismida 8 ta mahalla boʻlgan. Gʻarbiy qismida esa asosan rus istilosidan soʻng (1805) 12 ta mahalla tashkil etilgan. Joylashishiga koʻra mahallalar ikki - Yuqori va Pastki qismdan tarkib topgan. Pastki mahallalar Qurdlar, Seyidli, Julfalar, Quyuluq, Dardlar qurdu, Hojı Yusufli, Toʻrt Chinor va Joʻl qal’a (Juhudlar), Yuqorı mahallalar esa Mardonli, Soatlı, Koʻcharli, Mamayı, Xoja Mirjanlı, Temirchi, Hammom yoʻli va Toza mahalla nomlari bilan atalgan. Togʻli gʻarb qismining Mehrulu, Qozanchili, Oqsuv, Jillabord, Dara va boshqalarni bir-biridan tor koʻchalar ajratib turgan. Goʻzal tabiatli va oq toshdan bunyod etilgan qal’a devorlari fonida ayvon shaklida joylashgan mahallalar ajib bir koʻrinish kasb etgan.

Keyingi qayta qurish va taʼmirlash ishlaridan soʻng ham Shusha oʻz tarixiy koʻrinishini saqlab qolgan. Boshqa oʻrta asr Ozarbayjon shaharlari kabi Shushaning mahallalari ham uy-mulklaridan iborat boʻlgan. Shusha uylarining koʻpi ikkiqavatli boʻlib butun toshlardan qurilgan. Tepa ayvonlarining panjaralari shakli va interyerlarda turfa rangli devor bezaklari boʻlgan anʼanaviy Shusha uylari Ozarbayjonning boshqa hududlaridagi uylardan farqlanib turadi.

Bu uylarning bir necha namunalari saqlanib qolgan. Hojı Qulularning boshxonasi, Natavonning uyi, Ugurlu boyning uyi, Asad boyning uyi, Mehmandarovlarnıng uyi va boshqalar orasida xon vaə boylarning saroy tipli uylari boy badiiy meʼmorlik uslubi bilan rang-baranglik kasb etgan. Taassuflar boʻlsinki, bu binolarning aksariyati davrimizga qadar yetib kelmagan. Shusha mahallalarining har birida diniy markazi boʻlgan. Bu markaz mahalla maydonı atrofıda joylashgan binolar – masjid, madrasa, hammom, doʻkon va buloqdan tashkil topgan. Shushaning toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi mahalla masjidlarining (Julfalar, Chuqur, Hojı Yusifli va b.) koʻrinishlari jihatidan aholi yashash uylariga uygʻun boʻlgan va diniy meʼmorlik uslublari asosida tartib berilgan.

İbodat maydonlariga ega boʻlgan mahalla masjidlari (Choʻl qal’a, Toza, Soatlı, Mamayı) kabilar oʻzining qurilish shakli bilan alohida ajralib turgan. Mahalla masjidlarining koʻpchiligida azon aytish uchun kichik koʻshklar boʻlgan. Faqat Soatlı masjidida gʻishtdan qurilgan naqshli bezakli minorasi boʻlgan. Shusha masjidlari orasida eng monumentalı XIX asrning buyuk meʼmarı Karbalayli Safi xon Qorabagʻi tomonidan 1883- yilda bunyod etilgan Yuqorı Gavhar ogʻa masjididir. İbrohim xannıng 1768-yilda qurilgan masjidning oʻrniga qızı Gavhar ogʻaning yangi qurdirgan bu obidasi Shushaning Buyuk Juma masjididir. Juma masjidi Shushaning bosh maydoni hisoblangan. Shusha shahrining bosh maydonidan 150 metr shimoliy-sharqda Gavhar ogʻa masjidi atrofida meʼmorlik kompleksi joylashgan. Kompleksda masjid, madrasa, doʻkonlar va yashash uylari boʻlgan. Meʼmor Karbalayli Safi xonning 1868-1870-yillarda qurgan Gavhar ogʻa masjidi umumiy planiga koʻra Agʻdam və Shusha Juma masjidlaridan tarkib topgan. Faqat Gavhar ogʻa masjididagi ikki minora oʻng fasada emas orqa fasadning burchaklarida joylashgan. Shushaning butun mahalla masjidlari meʼmor Karbalayli Safi xon QorabagʻI ishtiroki ila bunyod etilgan. Ularda bir meʼmorlik uslubi doxil boʻlgan. Shusha shahri XVIII-XIX asrlarda xalqaro savdoda faol ishtirok etgan. U Sharq va Gʻarb oʻlkalari bilan savdo aloqalarini olib brogan. Buning natijasida yirik savdo markaziga aylangan. Shahar maydonida savdo markazlari tashkil etilgan. Maydondan Shushaning uch tijorat koʻchasi oʻrin olgan. Shimolda Rasta bozor, sharqda Pastki bozor, janubda Shayton bozor. Yonlarida doʻkonlari boʻlgan tijorat koʻchalarida ham Shushaning asosiy diniy binolari, karvonsaroylari va savdo markazlari joylashgan. Qadimda Qorabogʻ xonı Panohali xon qurdirgan Shusha Ozarbayjonning soʻnggi oʻrta asr shaharsozlik madaniyatining nodir obidasi, Qorabogʻ meʼmorchiligining jonli ensiklopediyasıdır.

Shusha Davlat Tarix-Meʼmorlik Qoʻriqxonasi – 1988-yilda Ozarbayjon Respublikasınıng davlat tarix-meʼmoriy qoʻriqxonasi[3].

Filateliyada

Shusha tarixiy va madaniy yodgorliklari

Batafsil maʼlumot Yodgorlik nomi, Tarixi ...
Yodgorlik nomiTarixiManzil
Qal’a devori1754-yilShusha shahri
Panoh xon saroyiXVIII asrShusha shahri
Qora Boyuk Xanım munajjimlar bashoratiXVIII asrShusha shahri
Haydar maqbarasiXVIII asrShusha shahri
Hoji ziyoratgohiXVIII asrShusha shahri
Natavaning uyiXVIII asrsobiq Lenin koʻchasi
Assad bayın uyiXVIII asrsobiq Voroshilov koʻchasi
Gavhar ogʻa masjidi1768-1769-yilShusha shahri
Ashaghi Govhar Agha masjidiXVIII asrShusha shahri
Ikki qavatli karvonsaroyXIX asrmarkaziy maydon
Mehmandarovlar majmuasining: masjid, kichik turar-joy binosi, katta turar-joy binosiXVIII əsrShusha shahri
Ibrohimxonning yulduz turkumiXVIII asrDashalti qishlogʻi
Isoning bulogʻiXIX asrShusha shahri yaqinida
Ibrohim xon qal’asiXVIII asrDashalti qishlogʻi
Yopish

Shusha davlat tarixiy-arxitektura qoʻriqxonasi

Batafsil maʼlumot Yodgorlik nomi, Tarixi ...
Yodgorlik nomiTarixiManzil
Uzeyir Hajibeyovning uy muzeyiXIX asrM. F Axundov koʻchasi, 19
Xonlikning Muxtor karvonsaroyiXVIII asrM. F Axundov koʻchasi, 29
Agha Gahraman Mirsiyab ogly caravanseraiXVIII asrM. F Axundov koʻchasi, 31
Zulfugar Hojibeyovning uyiXIX asrM. F Axundov koʻchasi, 43
Saatli masjidiXVIII asrM. F Axundov koʻchasi
Ganja darvozasiXVIII asrM. F Axundov koʻchasi
A. Xagverdiyevning uyiXVIII asrsobiq A.Amiryan koʻchasi, 14
Qazanchi cherkoviXIX asrXagverdiyev koʻchasi
Y. V. Chamanzaminli uyiXVIII asrVazirov koʻchasi, 19
Yuqori masjid madrasasiXVIII asrVazirov koʻchasi
Birodarlar Safarovning karvonsaroyiXVIII asrVazirov koʻchasi
Sodiqlarning uyiXVIII asrGarasharov koʻchasi, 40
Uqurlu bayin uyiXVIII asrGarasharov koʻchasi
Xon saroyiXVIII asrGarasharov koʻchasi, 68
Shirin suv hammomiXVIII asrGarasharov koʻchasi
Seyid Shushinskiyning uyiXIX asrG. Guliyev koʻchasi
M. P. Vagif maqbarasiXX asrG. Guliyev koʻchasi
Qosim bay Zokirning uyiXVIII asrG.Ismayilov koʻchasi, 8
MadrasaXVIII asrsobiq Krupskaya koʻchasi
Behbudovning uyiXVIII asrKocharli koʻchasi
Firudin bayin uyiXVIII asrsobiq Konstantyan koʻchasi, 9
M. M Navvab uyiXVIII asrNavvob koʻchasi, 4
Bulbulning uyiXIX asrsobiq Orcanigidze koʻchasi, 16
F. B. Kocharlining uyiXIX asrsobiq Sovet koʻchasi
Husayn bayon uyiXVIII asrT.Aliyev koʻchasi, 7-uy
Kechachining oʻgʻli Muhammadning uyiXIX asrT.Aliyev koʻchasi, 10
KarvonsaroyXVIII asrVagif koʻchasi
Garay Asadovning uyiXVIII asrsobiq Shaumyan koʻchasi, 1-uy
S. S. Axundovning uyiXIX asrU.Hajibeyov koʻchasi, 17
C. Qaryagdi oʻgʻlining uyiXVIII asrsobiq Telman koʻchasi, 20
Yopish

Yana qarang

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.