Shush
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shush (forscha: شوش; Shush, Shoosh nomi bilan ham romanizatsiya qilingan, Eronning Xuziston viloyatining Shush shahristoni Markaziy tumandagi shahar. Ham tuman, ham shahriston markazi vazifasini bajaradi[2]. Qadimgi Suza shahri[3] yaqinida.
Shush شوش | |
---|---|
Shahar | |
32°11′41″N 48°14′51″E | |
Mamlakat | Eron |
uston | Xuziston |
shahriston | Shush |
baxsh | Markaziy tuman |
Hukumat | |
Maydon | 3,652 km2 (1,410 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | fors tili |
Aholisi (2021) |
79 048[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3:30 |
Telefon kodi | +98 |
2006-yilgi Milliy aholini roʻyxatga olish vaqtida shahar aholisi 10 889 xonadonda yashovchi 53 897 kishini tashkil qilgan[4]. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda 14 563 ta xonadondan iborat 59 161 kishi bor edi[5]. 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish vaqtida 21 649 ta xonadonga boʻlingan 77 148 kishi istiqomat qilgan[6].
Shaharning iqtisodiy oʻsishiga Tehron—Xurramshahr avtomobil yoʻli va Trans-Eron temir yoʻli vokzali qurilishi sabab boʻldi. Shahar yaqinida Muhammad Rizo Pahlaviy hukumati gidroenergetika uchun Diz toʻgʻonini qurdi (1959 va 1963-yillarda qurilgan), bu qurilish oʻz vaqtida Erondagi eng yirik qurilish loyihasi boʻlgan[7]. Toʻgʻon qurib bitkazilganidan soʻng hududda zamonaviy sugʻorish tizimi qurildi va agrobiznes rivojlandi. Shush tuyalar uchun ham qulay joy boʻlib, bu hududda 3000 dan ortiq tuya bor, ularning aksariyati Chenan Shush hududidagi Ankush qishlogʻida.
Turizm ham muhim iqtisodiy faoliyat boʻlib, Doniyor maqbarasi, III asr shoiri Debel Xozaiyning qabri, 14- yoki 13-asrlarga oid qadimiy Elamning Chogʻa Zanbil zikkurati, qadimiy Suza shahri xarobalari va arxeologik manzilgohi bilan bogʻliq. Suza yaqinida joylashgan Chogʻa Zanbil 1979-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan birinchi Eron yodgorligi edi.
Shushning ob-havosi juda issiq yoz bilan xarakterlanib, bu fazlda harorat 50 daraja Selsiydan yuqori boʻlishi mumkin. Qishi esa yumshoq va yomgʻirli. Bu shaharda qor yogʻishi juda kam uchraydigan hodisa. Ammo 2020-yilda Shush shahri birinchi marta qor yogʻishiga guvoh boʻldi va bu shahar aholisini mamnun qildi[8].
- Darvesh bozori, 2004