![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/00/Sho%2527rchi_tumani.jpg/640px-Sho%2527rchi_tumani.jpg&w=640&q=50)
Shoʻrchi tumani
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shoʻrchi tumani — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1935-yil 9-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Oltinsoy, Denov, janubiy va gʻarbdan Qumqoʻrgʻon, sharqdan Uzun tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,85 ming km². Aholisi 223 ming kishi (2022). Tumanda 1 shahar (Shoʻrchi), 1 shaharcha (Elbayon bekati), 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Baxtlitepa, Dalvarzin, Jaloyir, Kichik Savur, Oxunboboyev, Oqtumshuq, Sohibkor, Shoʻrchi, Elobod, Yangibozor) bor. Tuman markazi — Shoʻrchi shahri. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 262,3 kishi (2022).[2]
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Surxondaryo viloyati |
Maʼmuriy markazi | Shoʻrchi |
Hokim | Zokirov Ulug‘bek Xurramovich [1] |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
Shoʻrchi tumani xaritada | |
39°0′0″N 68°0′0″E |
Yopish
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/00/Sho%27rchi_tumani.jpg/640px-Sho%27rchi_tumani.jpg)