From Wikipedia, the free encyclopedia
Shoazim Shoislamovich Minovarov (1951-yil 1-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha sobiq davlat maslahatchisi[1][2]. Asl kasbi tarjimonlik.
Shoazim Minovarov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2021-yil 25-maydan – 2022-yil 2-fevralgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Rustam Qosimov |
Vorisi | Muzaffar Komilov |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2006-yil 1-avgustdan – 2006-yil 1-dekabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Najmiddin Komilov |
Vorisi | Bahrom Abduhalimov |
Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi direktori | |
Mansab davri 2017-yil 17-iyuldan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1-avgust 1951-yil |
Mukofotlari |
Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining nabirasi[3].
Shoazim Minovarov 1951-yil 1-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning bobosi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlidir. Shoazim Minovarovning asl kasbi tarjimonlik boʻlidiy, Abdulla Avloniy va Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlanganida, bu mukofotlarni Shoazim Minovarov qabul qilib olgan[3].
Shoazim Minovarov 1973-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetining fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishini tamomlagan. SSSRning Gvineyadagi elchixonasida va Jazoirdagi bosh konsulligida ishlagan[3].
U tarjimon sifatida fransuz tilidan Charles Perronning „Ona gʻoz ertaklari“, „Qizil qalpoqcha“, „Kuloyim yoki billur boshmoqchalar“, „Ustasi farang yoki etik kiygan mushuk“, „Sehrgarlar“, „Kokildor Rike“ ertaklarini, Jean-Marie Gustave Le Clézioning „Odel. Mondo va boshqa hikoyatlar“ asarini, François Mauriacning „Ilonlar komida“ romanini, Montesquieuning „Fors nomalari“ asarini, Lucien Kerenning „Buyuk Temur“ pyesasini, Patrick Modianoning „Toʻy sayohati“ romani va Maupassantning hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.