![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d6/Shiretoko_Peninsula_Hokkaido_Japan_SRTM.jpg/640px-Shiretoko_Peninsula_Hokkaido_Japan_SRTM.jpg&w=640&q=50)
Shiretoko yarimoroli
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shiretoko Yarimoroli (yaponcha: 知床半島 Shiretoko-hantō?) Yaponiyaga qarashli Xokkaydo orolining sharqiy qismida, Oxotsk dengizi boʻyida joylashgan. Yarimorolni Nemuro boʻgʻozi Rossiyaning Kunashir orolidan ajratib turadi. Shiretoko nomi aynu tilidagi sir etok soʻzidan olingan boʻlib, Yerning oxiri degan maʼnoni anglatadi[1]. Yarimorolda Rausu va Shari shaharchalari mavjud.
Qisqa faktlar Boshqa nomi, Joylashuvi ...
![]() Shiretoko yarimorolining sun'iy yo'ldosh surati | |
Boshqa nomi | Sir etok (ainu tilida) |
---|---|
Joylashuvi | Xokkkaydo, Yaponiya |
Koordinatalar | 44°5.8′N 145°9.2′E |
Yopish
Shiretoko yarimoroli Shimoliy yarimshardagi dengiz muzlari hosil boʻladigan janubiy nuqta boʻlganligi sababli 2005-yilda UNESCOning Jahon Meʼrosi obyekti roʻyxatiga kiritilgan[2].