From Wikipedia, the free encyclopedia
Sherobod — SARIQAMISH QIRLARI — Surxondaryo botigʻining janubiy gʻarbiy qismidagi qirlar. Janubiy gʻarbdan shimoli-sharqqa 70 km ga choʻzilgan. Shimolidan Boysun botigʻi, janubi-sharqdan Surxondaryo vohasi bilan chegaralangan. Oʻrtacha bal. 800-1000 m. Eng baland joyi 1216 m.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
SH.Sherobod-Sariqamish qirlari Boysun togʻlaridan boshlanuvchi bir qancha daryolar (Kafrun, Anjarasoy, Pulihakim va boshqalar) bilan chuqur kesilgan va alohida qirlarga (Kagna, balandligi 955 m; Takasakradi, 1050 m va boshqalar) ajralgan. Yon bagʻirlarida quruq soy va jarliklar ham koʻp. Tektonik jihatdan antiklinal struktura; yura, boʻr, paleogen, neogen, toʻrtlamchi davr qumtosh, ohaktosh, dolomit, mergel, konglomeratlaridan tashkil topgan. Iklimi kontinental, yogʻin kam (150-250 mm). Boʻz, surqoʻngʻir tuproqlarda shuvoq, shoʻra, qoʻngʻirbosh, rang, oq kavrak va boshqalar oʻsadi. Hududi yaylov sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.