Tojikiston mudofaa vaziri From Wikipedia, the free encyclopedia
Sherali Mirzo (tojikcha: Шералӣ Мирзо; 24-may 1967) – tojikistonlik harbiy, davlat va siyosat arbobi[1], 2013-yil 20-noyabrdan buyon Tojikiston Mudofaa vaziri[2].
Sherali Mirzo | |
---|---|
Шералӣ Мирзо | |
Tojikiston mudofaa vaziri | |
Mansab davri 2013-yil 20-noyabrdan | |
Prezident | Emomali Rahmon |
Oʻtmishdoshi | Sherali Xayrulloyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-may 1967-yil Hamadon |
Mukofotlari | |
Mansubligi |
Sovet Ittifoqi Tojikiston |
Xizmat yillari | 1994-yildan |
Unvoni | General-leytenant |
Mirzo 1967-yilda Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Xatlon viloyatining Moskva (hozirgi Hamadoniy) tumanida tugʻilgan[3]. Perm oliy harbiy qoʻmondonlik akademiyasini tamomlagan va 1994-yilda mustaqillikka erishgandan soʻng qurolli kuchlar safiga qoʻshilgan[4]. Tojikiston fuqarolar urushi yillarida Vose tumani harbiy qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. 1994-1995-yillarda Mudofaa vazirligi harbiy tayyorgarlik boshqarmasi katta ofitseri, 1997-2002-yillarda esa 7-alohida motooʻqchi batalyoni komandiri[5]. Bu lavozimga oʻsha yilning 13-avgustida polkovnik Mahmud Xudoyberdiyev oʻrniga tayinlangan edi[6][7]. U toʻrt yil davomida Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasida oʻqidi.
2005-2006-yillarda Tojikiston mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan[8]. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining chegara qoʻshinlari qoʻmondoni[9], shuningdek, qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan[10]. 2013-yil 3-oktyabrda Prezident Emomali Rahmon tomonidan Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Mudofaa vaziri lavozimidan „sogʻligʻi yomonlashgani“ tufayli isteʼfoga chiqqan Sherali Xayrulloyevning oʻrnini egalladi[11].
2018-yilning noyabr oyida Mirzo Baljuvon tumanida oʻz mablagʻi hisobidan sogʻlomlashtirish markazi qurgani maʼlum boʻldi[12][13]. Uning rahbarligida Soʻgʻd viloyatidagi Choruxdayron harbiy poligonida Oʻzbekiston bilan ilk harbiy mashgʻulotlar oʻtkazildi[14]. Qurolli Kuchlar qoʻmondonlik markazi ham uning davrida ishga tushirildi[15]. 2021-yilda Tehronga tashrif buyurib, general Muhammad Baqiriy bilan Milliy armiya va Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari oʻrtasida mudofaa va harbiy qoʻshma qoʻmita tuzishga kelishib oldi[16][17].
2014-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun delegatsiya tarkibida Sochida Prezident Rahmonga hamrohlik qilgan[18]. 2016-yilda Mustaqillikning 25 yilligiga bagʻishlangan Dusti maydonida parad oʻtkazildi, general-leytenant Mirzo Rudakiy shoh koʻchasi boʻylab oʻtkazilgan paradni koʻzdan kechirdi va ishtirokchilarni yubiley bilan tabrikladi[19][20].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.