From Wikipedia, the free encyclopedia
Shayx Ibrohim masjidi (ozarbayjoncha: Şeyx İbrahim məscidi) – XV asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri, A. Zeynalli koʻchasida joylashgan.
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Boku | Icheri-sheher, A.Zeynalli koʻchasi |
Masjid turi | Juma masjidining bir qismi sifatida madrasa sifatida faoliyat yuritadi |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi, Shirvon-Absheron arxitektura maktabi |
Loyiha muallifi | Hoji Amirshoh ibn Yoqub |
Binokorlik | 1415—1416 |
Maqomi | amaldagi |
Holati | amaldagi |
Shayx Ibrohim masjidi Vikiomborda |
Bino fasadidagi yozuvda masjid qurilishi uchun buyurtma bergan Hoji Amirshoh ibn Yoqub nomi qayd etilgan. Boshqa bir yozuvda esa masjidni Ogʻa Gʻafar Hoji Murod oʻgʻli taʼmirlagani koʻrsatilgan. Asosiy yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, masjid 1415—1416-yillarda (hijriy 838-yil), Sulton Shayx Ibrohim davrida qurilgan. Shu sababli mahalliy aholi tomonidan ushbu yodgorlikka Shayx Ibrohim nomi berilgan[1][2].
Masjid toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, binoning yuqori qismi tosh gumbaz bilan qoplangan. XIX asrda masjidning fasad devori yuzasi uchta toʻrtburchak ramkaga boʻlingan. Bu bilan bino Yevropa meʼmorchilik maktabi namunalariga oʻxshab ketadi. Har bir ramka ichida derazalar oʻrnatilgan boʻlib, ular yoriqlar bilan yakunlanadi. Kirish qismi portal shaklida. Masjid qurilishida meʼmorchilikning milliy-madaniy mazmun saqlanib qolingan boʻlib, aynan shuning uchun ham ushbu yodgorlik milliy hamda yevropacha naqshlar birlashgan meʼmorchilikning yorqin namunalaridan biri hisoblanadi[3][4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.