![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/51/Naama_Bay_R01.jpg/640px-Naama_Bay_R01.jpg&w=640&q=50)
Sharm ash-Shayx
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sharm ash-Shayx[1] (arabcha: koʻpincha notoʻgʻri Sharm al-Shayx, 1982-yilgacha — Ofira (ivritcha: אופירה) — Misrdagi kurort shahri, Sinay yarim orolining janubiy uchida, Misr Rivierasining Qizil dengiz sohilida joylashgan. Janubiy Sinay gubernatorligining tuman markazlaridan biri[2].
Usmonlilar imperiyasi davridan beri maʼlum boʻlgan va 1967—1982-yillardagi Isroil ishgʻoli yillarida Ofira deb atalgan shahar qulay joylashuvi, yaxshi iqlimi va boy tabiati tufayli sayyohlar orasida mashhurlikka erishgan[3].
Qohiradan avtomobil yoʻli bilan masofa 500 km, havo yoʻli uzunligi 385 km[4].