![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1d/Shakira_for_VOGUE_in_2021_2.png/640px-Shakira_for_VOGUE_in_2021_2.png&w=640&q=50)
Shakira
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shakira Isabel Mebarak Ripoll (talaffuzi Shakira Izabel Mebarak Ripol; 1977-yil 2-fevralda tugʻilgan)[3] kolumbiyalik qoʻshiqchidir.[4] U Barrankilya shahrida tugʻilib oʻsgan. 13 yoshida Sony Music Colombia studiyasi bilan shartnoma imzolagan. Magia (1991) va Peligro (1993) nomli ikki albomi muvaffaqiyatsizligidan soʻng, Shakira Pies Descalzos (1995) va Dónde Están los Ladrones? (1998) albomlari bilan Lotin Amerikasi mamlakatlarida mashhurlikka erishdi. 2001-yilda Laundry Service (2001) nomli ingliz tilidagi albomini ommaga havola etdi. Albom uning beshinchi studiyaviy albomi boʻlib, umumjahon boʻylab 10 milliondan ortiq nusxada sotildi.
Shakira | |
---|---|
![]() Shakira 2021-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Shakira Isabel Mebarak Ripoll 2-fevral 1977-yil (1977-02-02) (47 yosh) Barrankilya, Kolumbiya |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi |
|
Leybl |
|
Bolalari | 2 |
Janr | |
Faoliyat yillari | 1990 – hozirgacha |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Shakiraning muvaffaqiyati Fijación Oral, Vol. 1 (2005), Sale el Sol (2010) va El Dorado (2017) nomli ispan tilidagi albomlari bilan yanada mustahkamlandi, albomlarning barchasi Billboard Top Latin Albums hit-paradida choʻqqiga erishdi, hatto olmos sertifikatini qoʻlga kiritdi. Uning ingliz tilidagi Oral Fixation, Vol. 2 (2005), She Wolf (2009) va Shakira (2014) albomlari ham koʻplab mamlakatlarda oltin, platina va multi-platina sertifikatiga loyiq koʻrildi. Shakira ijrosidagi „La Tortura“, „Hips Donʼt Lie“, „Beautiful Liar“, „Waka Waka (This Time for Africa)“, „Loca“ va „Chantaje“ kabi ashulalar koʻplab mamlakatlar hit-paraddlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi. Bundan tashqari, u The Voice (2013-2014) nomli teleshouning ikki mavsumida murabbiy oʻlaroq ishtirok etdi.
Shakira shu kungacha umumjahon boʻylab 80 million oshiq audioyozuv sotdi va bu uni hamma vaqtlarning eng koʻp audioyozuv sotgan sanʼatkorlaridan biriga aylantirdi.[5] Forbes Colombia jurnaliga koʻra, u hamma vaqtlarning eng koʻp albom sotgan lotin artisti hisoblanadi.[6] Shakira koʻplab yutuqlarga, uch marta Grammy Awards, oʻn ikki marta Latin Grammy Awards, toʻrt marta MTV Video Music Awards, yetti marta Billboard Music Awards va oʻttiz toʻqqiz marta Billboard Latin Music Awardsga sazovor boʻldi, olti marta Guinness rekordlar kitobiga kirdi. Shuningdek, u Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduziga egadir.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e5/Shakira_-_Live_Paris_-_2010_%2819%29.jpg/640px-Shakira_-_Live_Paris_-_2010_%2819%29.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/35/Shakira_-_Live_Paris_-_2010_%286%29.jpg/640px-Shakira_-_Live_Paris_-_2010_%286%29.jpg)